Tennischimiz xalqaro turnir g‘olibi
Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda Yuliya Kim va Yasmina Karimjonova Vatanimiz sharafini munosib himoya qildi.
Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda Yuliya Kim va Yasmina Karimjonova Vatanimiz sharafini munosib himoya qildi.Jahonning 10 dan ziyod davlatidan 120 ga yaqin tennischi ishtirok etgan musobaqaning qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida Yuliya va Yasmina barcha raqiblarini yengib, hal qiluvchi final uchrashuvida o‘zaro raqobatlashdi.
Ikki tennischimiz o‘rtasidagi final uchrashuvining dastlabki setida Yu.Kim o‘zining aniq zarbalari orqali 6:2 hisobida zafar quchdi. Bahsda o‘z o‘yinini ko‘rsata olmagan Ya.Karimjonova ikkinchi setda ham bir necha bor xatolarga yo‘l qo‘ydi va 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Shu tariqa tennischimiz Yuliya Kim musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.