Tennischilarimizning shashti baland
Qozog‘istonning Nursulton shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan “Chellenjer“ turnirida hamyurtimiz Humoyun Sultonov va Denis Istomin ikkinchi davradan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Qozog‘istonning Nursulton shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan “Chellenjer“ turnirida hamyurtimiz Humoyun Sultonov va Denis Istomin ikkinchi davradan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Humoyun ushbu bosqichda mezbonlar vakili Dmitriy Popkoga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan o‘yinda tennischimiz zafar quchdi. Endi H.Sultonov uchinchi davrada germaniyalik Yannik Maden bilan raqobatlashadi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis esa germaniyalik Yulian Lensni mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa D.Istomin musobaqaning 1/8 final bosqichida belgiyalik Ruben Bemelmansga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Xalqaro turnirning juftlik bahslarida Denis Istomin rossiyalik Mixail Yelgin bilan juftlik hosil qilib, nimchorak final uchrashuvida rossiyalik Aleksey Vatutin hamda fransiyalik Manuel Ginarni taslim qildi. Endi ular chorak finalda finlyandiyalik Xarri Xeliovaara va ukrainalik Ilya Marchenko tandemiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.