Tennischilarimiz yarim finalga yo‘l oldi
Namanganda o‘smirlar o‘rtasida davom etayotgan Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimiga kiruvchi xalqaro turnirda tennischilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Namanganda o‘smirlar o‘rtasida davom etayotgan Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimiga kiruvchi xalqaro turnirda tennischilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.Musobaqaning yakkaliklar o‘rtasidagi ikkinchi davrasida Jo‘rabek Karimov rossiyalik Nikolay Kolobayevni 6:0, 6:3, chorak finalda belaruslik Mikalay Xaliakni 6:1, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Xumoyun Sultonov qozog‘istonlik Pavel Petrovni 6:2, 6:1, turkiyalik Ergi Kirkinni 6:0, 3:6, 6:2 hisobida yengib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Yarim finalda Jo‘rabek Karimov belgiyalik Zizou Bergs, Xumoyun Sultonov Litva vakili Robert Vrzesinskiga qarshi kortga chiqadi.
Qizlar o‘rtasida Go‘zal Yusupova musobaqaning ikkinchi davrasida rossiyalik Polina Golubovskayani 6:2, 6:1, chorak finalda qozog‘istonlik Jibek Kulambayevani 6:0, 6:1 hisobida yengib, yarim finalga yo‘l oldi. Yosh tennischimiz finalga chiqish uchun Buyuk Britaniya vakilasi Jorjina Axon bilan bahslashadi.
Juftliklar bahslarining birinchi davrasida tennischilarimiz Sharobiddin Abzalov va Xumoyun Sultonov polshalik tennischilar Pyotr Matujevski va Matuj Smolitskini 6:4, 5:7, 10:8, chorak finalda hamyurtimiz Xumoyun Abdumalikov va qozog‘istonlik Grigoriy Lomakinni 6:2, 6:1, yarim finalda hamyurtlarimiz Amal Sultonov va Azizjon Turg‘unovni 6:2, 6:3 hisobida yengib finalga chiqdi.
Sharobiddin Abzalov va Xumoyun Sultonov finalda belaruslik Mikalay Xaliak va rossiyalik Lev Kazakov hamda Jo‘rabek Karimov va belaruslik Uladzimir Dorash bahsida g‘olib bo‘lgan juftlik bilan kuch sinashadi.