Qozog‘istonning Chimkent shahrida tennis bo‘yicha ITF musobaqalari taqvimidan joy olgan erkaklar va ayollar o‘rtasidagi xalqaro turnirda ilk davra bahslari o‘tkazilmoqda.

Erkaklar o‘rtasidagi M15 tasnifiga kiruvchi musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin neytral tennischi Yegor Pleshivsevni 6:2, 6:4 hisobida mag‘lub etib, ikkinchi davrada hindistonlik Kumaran Bharatga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi. Maksim Shin esa afsuski, fransiyalik Shon Kyuninga 3:6, 6:7 hisobida mag‘lub bo‘ldi.   

Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi yakkalik bellashuvlarida hamyurtimiz Sabrina Olimjonova germaniyalik Fransiska Siyedatni 6:1, 6:7, 7:5 hisobida taslim etgan bo‘lsa, yana bir umidli tennischimiz Darya Shubina avstriyalik Anna Lena Ebsterni 2:6, 6:2, 6:2 hisobida mag‘lub etdi.   

Shu tariqa, ikkinchi davrada Sabrina germaniyalik Lorena Shayedel bilan kuch sinashsa, Daryaga neytral tennischi Yekaterina Maklakova qarshilik ko‘rsatadi.   

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennischilarimiz nufuzli musobaqani g‘alaba bilan boshladi