Tennischilarimiz bosh sovrinni ko‘zlamoqda
Farg‘onada Xalqaro tennis federatsiyasi va mamlakatimiz tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan J60 tasnifidagi turnir o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi.
Jumladan, musobaqaning chorak final bosqichi doirasida Nikita G‘afurov va Danila Kvasov o‘zaro raqobatlashdi. Unda Danila har ikkala setda bir xil 6:1 hisobida zafar quchdi va final ostonasida neytral tennischi Aleksander Kunitsin bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Shuningdek, juftdik bellashuvlarida Akmal Abdullayev va Suhrob Saidov tandemi neytral tennischilar Viktor Makarov va Artem Starikovga qarshi kortga chiqdi. Mazkur o‘yinda hisob 4:2 bo‘lib turgan bir vaziyatda Viktor va Artem uchrashuvni davom ettirishdan bosh tortgan holda mag‘lubiyatini tan oldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA