Poytaxtimizdagi "Saxovat Sport Servis" sport majmuasida o‘tayotgan M–15 toifasiga mansub xalqaro tennis turnirining juftlik finali va yakkalik bahslarining yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Yakkalik bellashuvlarida Sergey Fomin yaponiyalik Renta Tokuda bilan bahs olib bordi. Kutilmagan tarzda Fomin raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Boshqa bir yarim final uchrashuvida esa yosh tennischimiz Maksim Shin italiyalik Lorenzo Lorussoni mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, bugun Maksim Shin va Renta Tokuda turnir g‘olibligi uchun maydonga tushadi.

Yakkalik bahslarida muvaffaqiyatsizlikka uchragan Sergey Fomin bor e’tiborini juftlik finaliga qaratdi. U ukrainalik hamtandemi Vladislav Orlov bilan birga hindistonlik Is’hoq Iqbol va Nitin Kumar Sinh juftligini 6:2, 6:4 hisobida ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennis: Sergey Fomin Toshkentdagi xalqaro turnirda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi