Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida tennis bo‘yicha M25 tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirda mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi bo‘lgan Sergey Fomin yakkalik va juftlik bahslarida ishtirok etmoqda.

Yakkalik bellashuvlarining birinchi bosqichida Sergey Fomin JAR vakili Filip Xenning ustidan har ikkala setda bir xil 6:0 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa nimchorak finalga yo‘l olgan tennischimiz endi neytral tennischi Petr Bar Biryukov bilan raqobatlashadi.  

Shuningdek, xalqaro musobaqaning juftlik bellashuvlarida S.Fomin neytral tennischi Erik Arutiyunian bilan tandemda ishtirok etmoqda. Ular ilk bosqichda mamlakatimizda tengi yo‘q bo‘lgan tennischimiz Denis Istomin va neytral tennischi Yevgeniy Karlovskiy duetiga qarshi kortga chiqdi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennis: Sergey Fomin Gruziyada Denis Istominga qarshi o‘ynaydi