Poytaxtimizda tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida “J30” tasnifiga kiruvchi “Pakhtakor Cup” xalqaro turnirida hamyurtlarimizdan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va neytral maqomdagi tennischilar g‘oliblik uchun o‘zaro raqobatlashdi.

Juftliklar o‘rtasida Nigina Alimova hamda Fotima Mahmudova tandemi finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etdi va musobaqa vitse-chempioniga aylandi. Ular faqatgina finalda qozog‘istonlik Gulden Azamatkizi va Linara Bulesheva juftligiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.   

O‘g‘il bolalar orasida juftlik bahslari finalida o‘zbek derbisi bo‘lib o‘tdi. Unda Mahmudbek Beknazarov va Abdurahmon Karimov dueti Danila Kvasov hamda Ahmadjon Toshmuhammedovni 6:3, 3:6, 10:4 hisobida taslim etdi.   

Shu tariqa, Mahmudbek va Abdurahmon musobaqaning bosh sovriniga ega chiqdi. Yakkalik bahslarida neytral tennischi Emilya Fedoseyeva qizlar o‘rtasida, qozog‘istonlik Rodion Traigel o‘g‘il bolalar orasida chempionga aylandi.   

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennis: “Pakhtakor Cup” turniri yuqori saviyada o‘tdi