Poytaxtimizdagi "Olimpiya shaharchasi" kortlarida Xalqaro tennis federatsiyasi musobaqalari taqvimidan joy olgan ayollar o‘rtasidagi W15 tasnifiga kiruvchi turnir o‘tkazilmoqda.

Xalqaro turnirda mamlakatimiz raketka ustalaridan tashqari dunyoning 17 ga yaqin davlatidan kelgan 30 nafarga yaqin tennischi qizlar ishtirok etmoqda. Bugun ushbu musobaqada yakkalik bahslarining asosiy to‘r uchrashuvlari davom ettirildi. Jumladan, mazkur davrada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Aleksandra Barmicheva latviyalik Odeta Panasani 7:5, 6:0 hisobida taslim qildi va ikkinchi bosqichda litvalik Laima Vladson bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.

Shuningdek, ilk davrada vakillarimizdan Sabrina Olimjonova neytral tennischi Darya Xomutsianskayaga qarshi, Darya Shubina singapurlik Eva Mariya Desvignes bilan raqobatlashadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/HtgzWddqikc" title="Tennis malikalari Toshkentda bellashmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari 26 oktyabr kuni aniqlanadi. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennis malikalari Toshkentda bellashmoqda (+video)