Tennis malikalari Moskvada kuch sinashmoqda
Rossiyaning Moskva shahrida “VTB Kreml Kubogi” musobaqasining ayollar oʻrtasida birinchi davra bahslari yakunlandi
Rossiyaning Moskva shahrida “VTB Kreml Kubogi” musobaqasining ayollar oʻrtasida birinchi davra bahslari yakunlandi.
“Premiyer” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning birinchi turida rossiyalik Darya Kasatkina ukrainalik Lesya Surenkoni 6:4, 7:6 hisobida taslim qilgan boʻlsa, yana bir rus tennischisi Anastasiya Pavlyuchenkova avstraliyalik Ayla Tomlyanovichni 7:5, 6:4 hisobida yengdi.
Shuningdek, musobaqaning dastlabki turida Ons Jaber (Tunis), Anett Kontaveyt (Estoniya), Kristina Mladenovich (Fransiya), Anastasiya Sevastova (Latviya), Yoxanna Konta (Buyuk Britaniya), Aleksandra Sasnovich (Belarus), Yuliya Putinseva (Qozogʻiston), Darya Gavrilova (Avstraliya), Alize Korne (Fransiya), Vera Zvonareva (Rossiya) gʻalaba qozondi.