Namanganda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi J30 tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Musobaqaning yakkalik bahslarida hamyurtimiz Mahmudbek Beknazarov so‘nggi hal qiluvchi final o‘yinida germaniyalik Viggo Vagenknextni 7:6, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u juftliklar o‘rtasida Abdurahmon Karimov bilan duet hosil qilib, barcha raqiblarini taslim etdi va ikkinchi sovringa ega chiqdi.
Qizlar o‘rtasidagi juftlik bellashuvlarida Shahodat Ortiqboyeva qozog‘istonlik Linara Bulesheva bilan tandemda final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Ushbu bosqichda ular qozog‘istonlik Kira Ertman va neytral tennischi Aleksandra Kachushkina juftligini 6:3, 6:2 hisobida dog‘da qoldirdi. Shu tariqa Shahodat va Linara nufuzli turnir g‘olibiga aylandi.
Yakkaliklar o‘rtasida neytral tennischi Tatyana Golovina bosh sovrin sohibasi, deya e’tirof etildi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA