Tennis: Hamyurtimiz “Australian Open-2025”da qatnashadi
O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkachisi Humoyun Sultonov “Australian Open-2025” turnirining yakkalik dasturi saralash bosqichida ishtirok etadigan tennischilar ro‘yxatiga kiritildi.
Joriy yil 6 yanvar sanasidan boshlanadigan “Australian Open-2025” turnirining saralash bellashuvlarida Sultonovning kvalifikatsiya doirasidagi raqibi hozircha noma’lum.
Aytish lozim, ushbu nufuzli musobaqa 26 yoshli tennischimiz uchun faoliyati davomidagi ilk "Australian Open" turniri hisoblanadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA