Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) va Xalqaro ayol tennischilar assotsiatsiyasi (WTA) haftalikning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Professional ayol tennischilarning haftalik yangi reytingida hamon belaruslik Arina Sobolenko peshqadamlik qilmoqda. 

Avstraliya ochiq chempionati finaliga yetib kelgan Arina bosh sovrin uchun kechgan uchrashuvda amerikalik Medison Keysga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Ushbu g‘alaba evaziga amerikalik raketka ustasi 14-pog‘onadan 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Polshalik Iga Svyontek ikkinchi, amerikalik Kori Goff uchinchi o‘rinni band etgan. 

Yangilangan reytingda 4 nafar tennischi qizlarimizdan faqat Vlada Yakshibarova 7 pog‘onaga yuqorilab, 920-o‘rinni egallab turibdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova esa 536-o‘ringa tushib ketdi. 

ATP reytingida mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov 236-o‘rinni, Sergey Fomin 561-pog‘onani band etishga muvaffaq bo‘ldi. 

Dunyo tennischilarining Top-10 taligida "Australian Open" turniridan keyin bir qator o‘zgarishlar kuzatildi. Mazkur nufuzli musobaqada g‘alabaga erishgan Yannik Sinner hamon katta farq bilan reyting peshqadami bo‘lib turibdi. Yashil qit’a turnirida ikkinchi o‘rinni egallagan Aleksandr Zverev 2-o‘rinni mustahkamlab oldi. 1250 ochkodan mahrum bo‘lgan rossiyalik Daniil Medvedev 5-o‘rindan 7-pog‘onaga pastladi. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennis: Haftalikning yangilangan reytingi e’lon qilindi 