Vatanimiz tarixidagi 5 may sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1506 yil (bundan 519 yil oldin) – Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqaro saktai qalb kasali tufayli olamdan o‘tdi. Husayn Boyqaro o‘zi qurdirgan madrasa ichidagi maqbaraga dafn etilgan. Hozir maqbara vayron bo‘lgan, qabr va uning ustiga o‘rnatilgan “Sangi haft qalam” saqlanib qolgan.

Husayn Boyqaro temuriylar orasida ancha shijoatli va ma’rifatli, shariatga qat’iy amal qilgan hukmdor bo‘lgan. U Xurosonda hokimiyatni egallagach, asosiy e’tiborni mamlakatda tinchlik, osoyishtalikni qaror toptirish, ichki hududiy nizolar, ziddiyatlarni bartaraf etish va markaziy hokimiyatni mustahkamlashga qaratgan. U o‘lkada madaniy-ma’rifiy va obodonchilik ishlarini rivojlantirishga alohida rag‘bat ko‘rsatgan.

Uning davrida Hirot Sharqning fan, madaniyat, hunarmandchilik rivojlangan yirik markaziga aylangan: turli mamlakatlardan iste’dod sohiblari Hirotga panoh axtarib kelganlar. Husayn Boyqaro turkiy tilda yozishni rag‘batlantirgan va shunga da’vat qilgan. O‘zi ham badiiy ijod bilan shug‘ullanib, “Husayniy” taxallusi bilan she’rlar yozgan, she’riyat majlislari tashkil etib, shoirlarga rahnamolik qilgan. 

1910 yil (bundan 115 yil oldin) – adabiyotshunos, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Hamid Sulaymonov tavallud topdi (vafoti 1979 yil). U 1959 yilda Alisher Navoiyning “Badoye ul-bidoya”, “Navodir un-nihoya” devonlari qo‘lyozmalarini topib, ular Navoiy tomonidan tuzilganligini isbotladi. Keyinchalik Fransiyadan “Devoni Foniy” qo‘lyozmalarini topib, fotonusxa asosida nashr ettirdi.

1916 yil (bundan 109 yil oldin) – kompozitor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq artisti Mutal (Mutavakkil) Burxonov tavallud topdi (vafoti 2002 yil). U 1992 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi musiqasini yozdi (O‘zbekistonning ilgarigi – 1947, 1978 yillardagi Davlat madhiyalari musiqasini ham Mutal Burxonov yaratgan). U 2001 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.

1917 yil (bundan 108 yil oldin) – Yangi Buxoro (Kogon) shahrida Fitrat va Kamoliddin No‘g‘ay sa’y-xarakatlari bilan “Ko‘hna turkba” nomli uch pardali drama qo‘yildi. Spektakl namoyishi mahalliy aholida juda katta qizikish uyg‘otgan va katta olqishlarga sazovor bo‘lgan. Shu kuni tomoshadan tushgan 786 so‘m sof foyda “Sho‘roi Islomiya” jamiyati xazinasiga berilgan. 

1927 yil (bundan 98 yil oldin) – shaxmat bo‘yicha Markaziy Osiyodagi birinchi sport ustasi, 4 marta O‘zbekiston chempioni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, xalqaro toifadagi hakam Mamajon Muhitdinov tavallud topdi (vafoti 2002 yil). U 1949 yilda Toshkent temiryo‘l transporti muhandislari institutini tugatgach, 1949–1960 yillarda temiryo‘l boshqarmasida muhandis, 1960–1971 yillarda esa respublika o‘quvchilar saroyi va mamlakat shaxmat terma jamoasida katta murabbiy bo‘lib ishladi. 

Mamajon Muhitdinov 1971–1981 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutida ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritdi. O‘zbekistonda shaxmat madaniyati tarixi mavzusida tadqiqotlar olib bordi. “Sharq – shaxmat vatani”, “O‘zbekistonda shaxmatchilik”, “Sohibqiron dona surganda” kabi kitoblar yozdi. U 1997 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.

1929 yil (bundan 96 yil oldin) – O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov tavallud topdi (vafoti 2008 yil). U 1965–1980 yillarda Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi bo‘lgan. Uning o‘ttizdan ortiq she’riy va nasriy to‘plamlari chiqqan.

1933 yil (bundan 92 yil oldin) – O‘zbekiston yozuvchilarining birinchi tashkiliy qurultoyi bo‘lib o‘tdi va qurultoyda O‘zbekistondagi barcha qalamkashlar uchun yagona Yozuvchilar uyushmasini tuzish masalalari ko‘rib chiqildi.

1968 yil (bundan 57 yil oldin) – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidiumining kengaytirilgan majlisida akademiyaning vitse-prezidenti Ibrohim Mo‘minov Amir Temur faoliyati haqida ma’ruza qildi. U Sohibqironning faoliyatini birma-bir sharhlab, uni mashhur davlat arbobi, mohir lashkarboshi va taraqqiyparvar shaxs sifatida ta’rifladi. Ibrohim Mo‘minov tarixni soxtalashtirishga qarshi birinchilardan bo‘lib dadil va oshkora bosh ko‘targan olim edi.

O‘sha yig‘ilishda ishtirok etgan tarixchi olim Hamid Ziyoyevning qayd etishicha, qattiq nazorat va ta’qib hukm surayotgan og‘ir sharoitda mustaqillik ramzi hisoblangan – Amir Temurni “oqlash” haqida oshkora yozish hazil gap bo‘lmagan. Buning uchun vatanparvar, millatparvar va jasoratli bo‘lish zarur edi. Ibrohim Mo‘minov xuddi shunday olim sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Uning “Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli” kitobi nashr etilganda o‘zbek xalqida g‘ururlanish va faxrlanish tuyg‘ulari uyg‘ondi.

1994 yil (bundan 31 yil oldin) – O‘zbekistonning oliy darajadagi unvoni – “O‘zbekiston Qahramoni”, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Mustaqillik” va “Do‘stlik” ordenlari, “Jasorat” va “Shuhrat” medallari ta’sis etildi.

2004 yil (bundan 21 yil oldin) – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada Konfessiyalar ishlari kengashining ta’sis yig‘ilishi o‘tkazildi.

2006 yil (bundan 19 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “«Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni qilindi.

2010 yil (bundan 15 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “«XXI asr texnologiyalari» jurnalini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori qilindi.

2014 yil (bundan 11 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qilindi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida O‘zbekiston davlat simfonik orkestrini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Temuriyzoda Husayn Boyqaro qaysi kasallik tufayli vafot etgan?