Temuriylar davri sanʼati tanlovi ğoliblari körgazmada namoyiş etildi
Temuriylar davri tarixini örganiş böyiça tanlov yakunida Özbekiston Badiiy akademiyasi körgazma oçdi. Unda 9 nafar rassomning buyuk ajdodlar siymosi va tarixiy voqealarni aks ettirgan asarlari namoyiş etilmoqda.
Mazkur tanlov-körgazmada tarixiy janrda samarali ijod qilib kelayotgan 9 nafar mahoratli rassomning 20 ga yaqin dastgohli va mahobatli rangtasvir asarlarini özida mujassam etgan. Ekspozitsiyadan örin olgan asarlarda xalqimizning boy tarixiy merosi, milliy davlatçilik anʼanalari, buyuk tarixiy şaxslar siymosi hamda muhim tarixiy voqea-hodisalar badiiy talqin etilgan. Birinçi örin Masʼud Xolov, ikkinçi örin Dilşod Azizov, uçinçi örin Mirali Mahmudovlar munosib körildi. Qolgan iştirokçilar esa rağbatlantiruvçi mukofotlar bilan taqdirlandi. Xuşröya (Aziza) Mamatova eng yaxşi kompozitsiya, Anastasiya Tillayeva eng yaxşi rangtasvir asari, Omad Isoqov eng yaxşi ğoya muallifi.
[gallery-32436]
Rassomlar tomonidan tarixiy haqiqat va badiiy tafakkur uyğunligida yaratilgan kompozitsiyalarda davr ruhi, tarixiy muhit, obrazlarning xarakter xususiyatlari va voqealarning mazmun-mohiyati mahorat bilan oçib berilgan. Ayniqsa, tarixiy şaxslar siymosining psixologik talqini, obrazlar örtasidagi kompozitsion munosabatlar, makon va zamon uyğunligi asarlarning taʼsirçanligini oşirib, ularning hayotiyligi va tarixiy işonçliligini taʼminlaydi.
— Masʼud Xolov mening eng sevimli yoş rassomlarimdan biri. Uning ijodini ançadan beri kuzatib kelaman. Ayniqsa, Temuriylar davriga oid asarlari menda katta taassurot uyğotadi. U tarixiy obrazlar orqali qalbimizdagi keçinmalarni mahorat bilan tasvirlaydi, – dedi Şoira Oripova.
Körgazmada namoyiş etilayotgan ijodiy işlarda tarixiy voqelikni haqqoniy aks ettiriş bilan bir qatorda, rassomlarning individual badiiy uslubi, rangtasvir texnikasi, kompozitsion yeçimlari va falsafiy muşohadalari ham yaqqol namoyon bölgan.
— Masʼud Xolov öz Vatanini sevadigan, milliy qadriyatlarimiz va buyuk ajdodlarimizga çeksiz hurmat bilan qaraydigan ijodkor. Bu tuyğular uning asarlarida yaqqol aks etadi. Uning ijodi yoş avlodda tariximizga hurmat, milliy ğurur va Vatanga muhabbat tuyğularini kuçaytiradi. Kelgusi körgazmalarda Turon zaminida yaşab, Vatan ravnaqi uçun xizmat qilgan buyuk ajdodlarimiz portretlarini ham körişni istardim, dedi — kinorejissiyor, dublyaj aktyori Sayfiddin Fayziyev.
— Tanlov asosan Amir Temur va Temuriylarning uşbu hududdagi turkiy davlatlar tarixida tutgan örni hamda qoldirgan izi bilan boğliq. Körgazmada asosan yoş ijodkorlar iştirok etdi. Şuningdek, ijodini Amir Temur va Temuriylar tarixiga bağişlagan rassomlar ham bor. Men ham öz asarlarim bilan tanlovda qatnaşdim. Miniatyura sanʼati asarlaridan ilhomlanib, Alişer Navoiy bobomizning “Xamsa” asariga bağişlangan “Layli va Majnun” nomli uçlik asarimni taqdim etdim. Tanlovda işlar xolisona baholandi. Tasviriy sanʼatning öziga xos jihati şundaki, unda hamma narsa köz öngida namoyon böladi. Heç qanday soxtalik yöq, har bir ijodkorning mahorati va mehnatini tomoşabinlar özlari körib, baholaşlari mumkin, — dedi rassom Mirali Mahmudov.
— Men uşbu tanlovda yettita asarim bilan iştirok etdim. Körgazma beş kun davom etadi. “Tarix nima uçun kerak?” degan savolni beradiganlarga öz fikrimni bildirmoqçiman. Biz tarixni kitob öqiş, sanʼat asarlarini tomoşa qiliş yoki kino orqali his etamiz. Bu esa insonda milliy özlikni anglaş va ğurur tuyğusini şakllantiradi.
Inson qayerda bölmasin, qaysi sohada faoliyat yuritmasin, qalbida milliy ğurur va özlik tuyğusi mustahkam bölsa, u öz qadriyatlariga xiyonat qilmaydi, or-nomusini asraydi. Milliy ğururni uyğotiş esa, avvalo, tarixni anglaşdan boşlanadi.
Şu bois tarixda iz qoldirgan qahramonlarimiz, buyuk tarixiy şaxslarimizning jasorati, adolati va yuksak fazilatlarini sanʼat orqali tasvirlab, keyingi avlodga örnak sifatida yetkazişimiz kerak. Tarixni örganiş nafaqat ötmişni biliş, balki ajdodlarimiz yöl qöygan xatolardan saboq çiqarib, kelajakda ularni takrorlamaslik uçun ham muhim, — dedi rassom Masʼud Xolov.
Mazkur ekspozitsiya tarixiy xotirani asraş, milliy özlikni anglaş, ajdodlar merosiga hurmat tuyğusini mustahkamlaş hamda tarixiy rangtasvir janrining zamonaviy tasviriy sanʼatdagi badiiy-estetik ahamiyatini namoyiş etişga xizmat qiladi.
Munira Ramazonova
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, sanʼatşunos