9 aprel – Sohibqiron Amir Temur tavallud kuni

Sohibqiron bobomiz Amir Temur va temuriylar saltanati davrida ilm-fan qanday rivojlangan? 

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutida tashkil etilgan "Amir Temur va temuriylar merosi" ellararo yig‘in doirasida ushbu mavzu yuzasidan yosh olim Islomjon Bo‘riyev quyidagi fikrlarni bildirdi:

– Turkiston yerlari Amir Temur tomonidan mo‘g‘ullardan ozod qilinib, Temuriylar sulolasi hukmronligi boshlangach, ilm-fan, madaniyatni tiklashga jiddiy e’tibor qaratildi, – dedi yosh tarixchi olim I.Bo‘riyev. – Bu, ayniqsa, aniq fanlar sohasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Amir Temur (1370-1405) hukmronligining o‘zidayoq Turondan ko‘plab olimlar yetishib chiqdi. 

Qiziq tomoni shundaki, bular ham Birinchi Uyg‘onish (Renessans) chog‘idagilar singari qomusiy olimlar bo‘lib, bir qancha sohalarda ijod qilishgan. Jumladan, Amir Temurning o‘zi hukmronlik qilgan chog‘da Turkistonda Nizomiddin Bazdaviy (14-yuziillik), Sa’duddin Taftazoniy (1322-1390), Sayyid Sharif Ali Jurjoniy (1340-1413), Muhammad Kiyo Jurjoniy (o‘limi 1414), Nuruddin Ali Balxiy (14-yuzyillik) singari olimlar aniq fanlar sohasida taniqli bo‘lishgan. Amir Temurdan keyingi Temuriy hukmdorlar chog‘ida esa Jamshid Koshiy (Koshoniy) (o‘limi 1436), Ne’matullox Kirmoniy (o‘limi 1431), Qutbuddin Xusravshoh (15-yuzyillik), Husayn Xorazmiy Kubraviy (o‘limi 1435), Abdulqodir Marog‘iy (1353-1435), Qozizoda Rumiy (o‘limi 1440), Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) Mas’ud Mashhadiy (15-yuzyillik), Sharafiddin Ali Yazdiy (o‘limi 1454), Muhammad Jomiy Olmosiy (15-yuzyillik), Mahmud Valishtoniy (15-yuzyillik), Mu’inuddin Koshiy (15-yuzyillik), Mansur Koshiy (15-yuzyillik), Kamoliddin Maybudiy (o‘limi 1466), Ali Qushchi (1402-1472), Ali Husayniy Isfahoniy (15-16-yuzyilliklar), Abdurrahmon Jomiy (1412-1492), Mas’ud Shirvoniy (o‘limi 1500), Sulaymon Buxoriy (15-16-yuziyiliklar), Husayn Voiz Koshifiy (o‘limi 1505), Ahmad Taftazoniy (o‘limi 1510), Fasihiddin Ko‘histoniy (o‘limi 1530), Abdulqodir Ro‘yoniy (o‘limi 1519), Nizomiddin Birjandiy (o‘limi 1525), Imod Buxoriy (15-yuzyillik), Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530), Rukniddin Omumiy (15-16-yuzyilliklar) singari olimlar aniq fanlar bilan shug‘ullanishgan. 

Temuriylar davridagi aniq fanlarni matematika, astronomiya (astrologiya bilan) va bularga doir asbob-uskunalar yo‘nalishlarida o‘rganish mumkin.

Amir Temur hukmronligi chog‘idagi buyuk qomusiy olimlardan biri Sa’duddin Mas’ud ibn Umar Taftazoniydir. Samarqandda Amir Amir Temur saroyida faoliyat yuritgan olimning matematikaga oid ikki yirik asari bugungacha saqlanib qolgan. Ularning birinchisi "Sharh ar-risola ash-shamsiyya" ("Shamsiyya" risolasining sharhi") turonlik taniqli olim Nizomiddin Naysoburiynit (13-14-yuzyilliklar) "Ar-risola ash-shamsiyya fil-hisob" ("Hisob ilmi bo‘yicha shamsiyya risolasi") asariga tushuntirish va to‘ldirma yo‘sinida yozilgan. Asarda butun va kasr sonlar to‘g‘risida amallar, istalgan darajadan ildiz chiqarish, oltmishlik hisob, geometriya va algebradagi boshqa masalalar xususida so‘z yuritiladi. Olimning keyingi asari "Risola fi zavoyo al-musallas" ("Uchburchakning burchaklari to‘g‘risida risola") trigonometriyaga doir bo‘lib, uchburchaklar ustida amallar to‘grisidadir.

Yana bir qomusiy olim Zayniddin Abul-Hasan Ali ibn Muhammad Sayyid Sharif Jurjoniy (1340-1413) 20 yilga yaqin Samarqandda faoliyat yuritib, aniq va tabiiy fanlarga doir 10 ta asar yozib qoldirgan. Jumladan, "Maqolid al-ulum fi hudud va ar-rusum" ("Qoidalar va chegaralar to‘g‘risidagi bilimlarning kalitlari") asari qomusiy bo‘lib, uning 14-bo‘limi geometriya; 15-17-bo‘limlari hisob bilimi va musiqaga doirdir. Olim o‘zigacha bo‘lgan musulmon va yunon mutafakkirlarining ishlaridan yaxshigina xabardor bo‘lgan, ularga tushuntirishi va to‘ldirmalar yozgan. "Hoshiya ’alaa" Sharh muxtasar al-Usul" ("Evklidning "Negizlar" asari qisqartmasining sharhiga to‘ldirma"), "Hoshiya ’alaa Tahrir Nasirudin Tusiy li-kitob al- usul li -Uqlidis" ("Evklidning "Negizlar" kitobiga Nasiriddin Tusiy yozgan sharhga to‘ldirma") asarlari shular jumlasidan bo‘lib, geometriyaga doirdir.

Sayyid Sharif Jurjoniy matematika bo‘yicha bilimlarini amaliyotga tatbiq etgan, meros ilmi bilan jiddiy shug‘ullangan. U bu sohaga doir Sirojiddin Sijovandiyning (12-13-yuzyilliklar) "Al-faroiz as-sirojiyya" ("Sirojiddinning meros ilmiga doir asari") risolasiga sharh yozgan. 

Yana bir qomusiy olim G‘iyosiddin Jamshid Koshiy (o‘limi 1436) "Miftoh al-hisob" ("Hisob bilimi kaliti") asarida butun va kasr sonlar ustida amallar, istalgan darajadan ildiz chiqarish, ikkihadli formulalar, oltmishlik sanoq tizimidagi amallar bo‘yicha yozilgan muhim risola bo‘lgan. Asarda, shuningdek, geometriyadagi bilimlarning amaliyotga tatbiqiga maxsus bo‘lim ajratilgan, unda toshlar yordamida hajmni hisoblash, peshtoq, gumbaz, qubba, muqarnaslarning yuzasini hisoblab chiqarish xususida so‘z yuritilgan. Olim "Ar-risola al-muhitiyya" ("Aylana to‘g‘risida risola") asarida 3*2²⁸ ta tomonli ko‘pburchak yordamida π sonining qiymatini verguldan keyingi 17-xonagacha aniq hisoblab chiqaradi. "Risola al-vatar va al-jayb" ("Vatar va sinus to‘g‘risida risola" asarida esa Koshiy 4x²+q=3x tenglamasidan foydalangan holda 1 darajaning sinusini nihoyatda aniq hisoblaydi.

1 darajaning sinusini hisoblab chiqarishi bo‘yicha, shunindek, Qozizoda Rumiy va Mirzo Ulug‘beklar ham maxsus asar yozishgan. Bunda ular Koshiyning usulidan foydalanishgan.

Ali Qushchi (1402-1472) esa o‘z asarlarida sonlarga nisbatan musbat va manfiy sifatlarini qo‘llagan, bu orqali butun dunyoda bu mazkur atamalar yoyilishiga, hozirgi algebraning rivojiga o‘zining muhim hissasini qo‘shgan.

Sharafiddin Ali Yazdiy (o‘limi 1454) aniq fanlar bilan shug‘ullangan qomusiy olim bo‘lib, "barmoq hisobi", ya’ni barmoqlardagi bo‘g‘imlar orqali amalga oshiriladigan hisob turi to‘g‘risida maxsus asar yozgan. Shuningdek, u matematikaning sehrgarlik bilan bog‘liq tomonlarini, jumladan, sehrli kvadrat va sonlarni ham chuqur o‘rgangan, o‘zining bir asarida shular xususida so‘z yuritgan.

Temuriylar hukmronligi davrida astronomiya ilmi ham yuksak darajada rivojlandi. Olimlar o‘zlarigacha bo‘lgan mutafakkirlarning asarlarini chuqur o‘rganib, ulardagi g‘oyalarni, xususan, Yer Quyosh atrofida aylanishi to‘g‘risidagi nazariyani davom ettirishdi. Nizomiddin Bazdaviy (14-yuzyillik) Nasiriddin Tusiyning (1201-1274) g‘oyalarini rivojlantirdi, uning "At-tazkira an-nasiriyya fi ilm al-hay’a" ("Astronomiya ilmi bo‘yicha Nasiriddinning esdaliklargi") asariga sharh yozdi. Sharhda osmon jismlari, ularning o‘lchamlari va ulardan Yergacha masofa xususida so‘z yuritilgan. 

Sayyid Sharif Jurjoniy Nasiriddin Tusiy va Mahmud Chag‘miniyning (o‘limi 1221) qarashlarini rivojlantirdi, Chag‘miniyning "Al-mulaxxas fi al-hay’a" ("Astronomiya bo‘yicha qisqacha asar" risolasiga sharh yozdi. 
Jamshid Koshiyning bizgacha astronomiyaga doir 20 ga yaqin asari yetib kelgan bo‘lib, ularda koinot tuzilishi, Yerdan osmon jismlarigacha masofalar, osmon jismlarining hajmini hisoblash tushuntirilgan. Koshiy 2 ta zij tuzgan, "Ziji jadidi Ko‘ragoniy" jadvallari tuzilishida qatnashgan, bu asarni arabchaga tarjima qilgan.

Xusayn Xorazmiy Kubraviy (o‘limi 1435) Chag‘miniy qarashlarini davom ettirgan, "Mulaxxas"ga sharh yozib, uni Mirzo Ulug‘bekka taqdim etgan. U olam tuzilishi to‘g‘risidagi boshqa asarini esa Ulug‘bekning o‘g‘li Abdulazizga atagan.

Qozizoda Rumiy Chag‘miniy va Tusiyning asarlarini sharhlash bilan birga qibla yo‘nalishini, meridian chiziqlarini topish to‘g‘risida risolalar yozgan.

Sulaymon Buxoriy 1492 yilda Makka shahrida turib qibla yo‘nalishini topish bo‘yicha mashhur risolasini yozgan. 

Husayn Voiz Koshifiy (o‘limi (o‘limi 1505 yil) astronomiyaga doir 3 ta asari bugungacha saqlanib qolgan bo‘lib, ularda vaqtlarni aniqlashning turli usullari, jumladan, oyning harakatiga asosan soatlarni hisoblash tushuntirib berilgan.

Fasihiddin Nizomiy Ko‘histoniy (o‘limi 1530 yil) Ali Qushchining shogirdi bo‘lib, Alisher Navoiyga astronomiya bilimida ustozlik qilgan. Bu kishi o‘zining astronomiya va matematikaga doir ikki asarini Navoiyga bag‘ishlagan. Ko‘histoniy Chag‘miniy, Shamsiddin Samarqandiy, Nasiriddin Tusiy, Kamoliddin Turkmaniylarning qarashlarini davom ettirgan.

Imod Buxoriy (15-yuzyillik) Sulton Abu Said Mirzoga (1959-1969) atab kattagina zij tuzgan. Shuningdek, u Oy tenglamasini tenglashtirishga doir asar ham yozgan.

Rukniddin Omumiy (15-16-yuzyillik) Nasiriddin Tusiyning zijini qayta ishlab, bu yangi zijni Sulton Abu Said Mirzoga atagan.

Astronomik asboblar sohasi ham bu chog‘da ancha rivojlandi, ilgarigi asboblar takomillashtirildi, yangilari ham ixtiro qilindi. Jamshid Koshiy astronomik tadqiqot qurollari, jumladan, usturlob va bog‘lovchilar doskasi asbobi to‘g‘risida maxsus asarlar yozdi. U, shuningdek, mintaqalar gardishi asbobini (disc of belts) ixtiro qilgan.

Sharafiddin Ali Yazdiyning ham usturloblar bo‘yicha asari bo‘lganligi ma’lum. Ali Qushchi esa astronomiyaga doir bir risolasida chizg‘ich va sirkulni ishlatish to‘g‘risida so‘z yuritgan.

Fasihiddin Nizomiy Ko‘histoniy usturloblar to‘g‘risidagi bir yirik asarini Navoiyga atagan. Shuningdek, uning globus va kvadrant to‘g‘risidagi asarlari bugungacha yetib kelgan. Abdulqodir Ro‘yoniyning ham globusga doir asari hozirgacha saqlanib qolgan. Rukniddin Omuliy esa Abu Said Mirzoga atab usturloblarni yasash to‘g‘risida yirik asar yozgan. Bu asarda Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Nasiriddin Tusiylarning shu mavzudagi risolalaridan parchalar uchraydi.

Bir so‘z bilan aytganda, Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan gurkirab ravnaq topdi. Ushbu kashfiyotlar jahon ma’rifati rivojida ham betimsol ahamiyat kasb etib, hozirgacha dunyo olimlarining e’tibori va qiziqishini o‘ziga jalb etmoqda. Yangi-yangi kashfiyotlarga zamin yaratmoqda.

O‘zA muxbiri N.Usmonova yozib oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Temur va temuriylar davrida ilm-fan gullab-yashnagan