Qaror va ijro

Temir yo‘llar nafaqat mamlakatimiz hududlarini, balki mintaqalar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlovchi muhim vositaga aylanib ulgurdi. Bunda tabiiyki, transport infratuzilmasiga, logistika xizmatlariga investitsiyalar faol jalb etilib, xizmat ko‘rsatish sifati tobora yaxshilanib borayotgani katta ahamiyat kasb etmoqda. 

Davlatimiz rahbarining 2023 yil 10 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida sohani tubdan isloh qilish, sog‘lom raqobat muhitini yaratish, boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, tranzit salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘plab vazifalar belgilab berildi.

Shunga muvofiq, joriy yil «Temiryo‘lkargo» aksiyadorlik jamiyati faoliyati yo‘lga qo‘yildi va zimmasiga yuk vagonlari, konteynerlar xo‘jaligini saqlash, logistika markazlari hamda terminallarini tashkil etish kabi vazifalar yuklatildi. Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar xususida “Temiryo‘lkargo” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Abdusamat MO‘MINOVvning fikrlariga qiziqdik.

– Prezidentimiz joriy yilning 6 may kuni temir yo‘l sohasidagi loyihalar bilan tanishish chog‘ida mamlakatimizning geografik joylashuvi, rivojlangan sanoati va iqtisodiyotda temir yo‘l transporti muhim ahamiyatga egaligini alohida ta’kidlagan edi, – deydi Abdusamat Mo‘minov. – «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida mamlakatimiz hududi orqali tranzit yuklarini tashish hajmini 16 million tonnaga yetkazish, shimoliy yo‘nalishda temir yo‘l orqali yuk tashish muddatlarini 40 foizga qisqartirish, yuk tashish xizmatlari hajmini uch barobar oshirish rejalashtirilganini inobatga olsak, temir yo‘llarda xizmat ko‘rsatish masalasi dolzarb bo‘lib boraveradi. 

– Bilamizki, «Temiryo‘lkargo» aksiyadorlik jamiyati ish boshlaganiga ko‘p vaqt bo‘lmadi. O‘tgan vaqt mobaynida yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha qanday natijalarga erishildi?

– Darhaqiqat, sohada o‘tgan vaqt mobaynida yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatish uchun 200 ga yaqin shartnoma tuzilib, 392 ming tonnadan ortiq yuk o‘z manziliga yetkazildi. Shuningdek, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Ozarbayjon, Rossiya singari davlatlar bilan ekspeditorlik xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

Hozirgi kunda mamlakatimiz bo‘ylab beshta – Nazarbek, Samarqand, Qarshi, Denov, Buxoro yuk terminallaridagi 2100 ga yaqin turli yuk vagonlari orqali «Navoiy kon-metallurgiya kombinati», «Dehqonobod kaliy zavodi» kabi yirik aksiyadorlik jamiyatlari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi mahsulotlari o‘z manziliga, betalafot yetkazib berilyapti.

Bundan tashqari, ushbu terminallarda yuk jo‘natuvchi va qabul qiluvchilarga transport logistikasi, ekspeditorlik hamda yuk saqlash kabi xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Kelajakda yuk terminallarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, zamonaviy logistika markazlariga aylantirish hamda mijozlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, kompleks xizmat ko‘rsatish maqsad qilingan. Bu borada ayni paytda zarur ishlar amalga oshirilmoqda.

– Temir yo‘llarimizning xalqaro temir yo‘llar tashuvidagi o‘rni qanday?

– Jahon banki tomonidan tayyorlangan Logistika samaradorligi indeksida 2023 yil O‘zbekiston 88-o‘rinni egalladi. Ya’ni, 2018 yildagi avvalgi hisobotga nisbatan o‘z ko‘rsatkichlarini 11 pog‘onaga yaxshiladi. Hozirgi kunda temir yo‘llarimiz xalqaro temir yo‘llar tashuvida munosib o‘rin egallayotgani, yangi transport yo‘laklari barpo etilayotgani mamlakatimiz va mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirish, dunyo bozoriga chiqish imkoniyatlarimizni kengaytirish barobarida, ana shunday ko‘rsatkichlarni yaxshilashda qo‘l keladi.

Transport-logistika xizmatlari xususida gap ketganda, Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston va O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston transport koridoriga alohida to‘xtalib o‘tish joiz. Negaki, mazkur strategik loyihalar mintaqadagi geoiqtisodiy vaziyatni butunlay o‘zgartirib, Markaziy Osiyoni Shimol va Janub, Sharq va G‘arb bilan bog‘laydigan global tranzit markaziga aylantiradi.

O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokistonni tutashtiruvchi loyiha Yevrosiyo transport yo‘lagini yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Natijada Markaziy Osiyo mamlakatlari Hind okeani portiga chiqish imkoniga ega bo‘ladi. Temir yo‘l orqali tovarlar yetkazib berish muddatini 35 kundan 5 kungacha qisqartiradi. Tovarlarni yetkazib berish narxi esa kamida 40 foizga pasayadi. Loyiha 2027 yil oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda.

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston koridoriga bir vaqtlar ekspertlar quruqlikdagi Suvaysh kanali, deb ham ta’rif berishgan. Chunki u Sharq va G‘arbni eng qisqa va eng foydali yo‘l bilan bog‘lash imkonini beradi. Xususan, Xitoydan Janubiy Yevropaga yo‘nalish 900 kilometrga, yuklarni yetkazib berish muddatlari esa bir haftagacha qisqartiriladi.

Mamlakatimizda temir yo‘lda yuk tashish samaradorligini oshirish uchun «Temiryo‘lkargo» aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgani ham bu borada ayni muddao bo‘ldi. Jumladan, Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston multimodal koridori orqali konteynerlar Xitoydan chegaradagi Qashg‘ar stansiyasigacha temir yo‘lda, Qashg‘ardan Qirg‘izistonning O‘sh temir yo‘l stansiyasigacha avtomobilda va O‘shdan O‘zbekiston, Afg‘oniston va Turkmanistonning ichki stansiyalarigacha yana temir yo‘lda tashilmoqda.

Eng asosiysi, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida jamiyat tomonidan talabga qarab, kompleks xizmatlar ko‘rsatilyapti. Mahalliy va xalqaro temir yo‘l kodlarini ta’minlash, vagon yetkazib berish, so‘nggi manzilgacha yetkazish, terminal, ortish/tushirish, deklaratsiya va boshqalar shular sirasiga kiradi. Faqatgina ushbu yo‘nalish orqali jamiyat tomonidan aprel oyidan hozirgi vaqtgacha 700 dan ortiq konteyner tashuvi amalga oshirildi. Natijada respublikamizga 500 ming AQSH dollaridan ortiq valyuta tushumlari tushdi. Bu ko‘rsatkichni yil yakuniga qadar 3 000 konteynerga, valyuta tushumlarini 2,5 million dollarga yetkazish reja qilingan. Qirg‘iziston orqali multimodal tashuvlar rivojlanishi xalqaro darajadagi Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘l qurilishi qanchalar muhimligini anglatadi.

Bundan tashqari, jamiyat tomonidan O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya koridori orqali «temir yo‘l – suv – temir yo‘l», O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Fors ko‘rfazi davlatlari koridori orqali «temir yo‘l – suv – temir yo‘l» va O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston koridori orqali «temir yo‘l – avto – suv» yo‘nalishlarida multimodal tashuvlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

– Jamiyat tashkil etilganidan so‘ng tadbirkorlar bilan shartnomalar tuzish jarayoni qanday kechmoqda?

– Tadbirkorlar bilan shartnomalar onlayn tuzilyapti. Natijada mijozning vaqti tejaladi. Endi u uyidan chiqmasdan turib yukni olib ketishga buyurtma berishi, kerakli pul miqdorini ko‘chirib o‘tkazishi va ikki tomonlama shartnoma tuzishi mumkin. Vaholanki, bu ishga ilgari bir necha soatdan, hatto bir necha kungacha vaqt sarflanar edi. Ya’ni, temir yo‘l bekatiga kelib, yuk jo‘natish uchun shartnoma olingan, rasmiylashtirilgan, keyin bankka borib pul to‘langan, hujjatlarni qayta ishlash markaziga borib pul o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnomani olib, keyin temir yo‘l bekatiga kelib ma’lumotnomani taqdim qilgan. Hozir esa bu ishlarning barchasi onlayn shaklda bajariladi. Barcha tariflar narxi ko‘tarilayotgan vaqtda ham xizmat ko‘rsatish narxi o‘zgarishsiz qoldirildi. Bu ham mijozlar uchun yana bir yengillik.

Ma’lumot o‘rnida aytadigan bo‘lsak, vagonlarimiz bilan aprel oyida 7500 tonnadan ziyod un va bug‘doy mahsulotlari olib kirildi, yukning asosiy qismi O‘zbekiston orqali tranzit yo‘l bilan Afg‘onistonga yetkazib berildi.

Bundan tashqari, 4 ming tonnadan ziyod qurilish materiallari eksportiga boshchilik qildi. May oyining 25 kunligida 4500 tonna yuk tranzit orqali import qilinib, 500 ming tonnadan ortiq neft mahsuloti eksportida ishtirok etdi. Yodda tutish lozimki, zamon rivojlanib, barcha xizmatlar globallashib borar ekan, o‘z-o‘zidan yuk tashishni ham zamonaviy bosqichga olib chiqish dolzarb masalaga aylanib boraveradi.

O‘zA muxbiri Abdulaziz RUSTAMOV suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Temir yo‘llarda yuk tashish zamonaviy bosqichga olib chiqiladi