Isroil G‘azo bo‘yicha yangi harbiy strategiya qabul qildi. Netanyaxu hukumatining sektorni to‘liq bosib olish va hududda doimiy nazorat o‘rnatish rejasi keng jamoatchilikning keskin tanqidi va noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Dushanba kuni Tel-Avivdagi Knesset binosi qarshisida yuzlab fuqaro namoyish o‘tkazdi. Ular garovdagi fuqarolarni XAMAS bilan urushib emas, balki kelishib ozod qilishni talab qilmoqda.

Aftidan, bu rejani o‘ylab chiqqanlar garovdagilar hayoti bilan umuman qiziqayotgani yo‘q.

Politsiya yig‘ilganlarni tarqatishga urinyapti, norozilik kayfiyati esa susaymayapti. Namoyishchilar ta’kidlashicha, harbiy amaliyot kengayishi asirdagilar hayotiga jiddiy tahdid soladi. Yangi harbiy strategiyaga asosan Isroil armiyasi zaxiradagi o‘n minglab askarni chaqirishga qaror qilgan. Nomi oshkor etilmagan rasmiy manbalarga ko‘ra, maqsad – XAMAS infratuzilmasini butunlay yo‘q qilish, qo‘mondonlik markazlariga zarba berish va shu orqali garovdagi fuqarolarni ozod qilishga yo‘l ochish.

Afsuski, mazkur usul yuz minglab falastinlikning majburiy ko‘chirilishi, gumanitar sharoit keskin yomonlashishiga olib keladi.

Xalqaro huquqshunoslar bunday urinishni bosib olish va kuch bilan ko‘chirish singari jiddiy huquqbuzarlik sifatida baholamoqda. Shuningdek, Isroil rasmiylari gumanitar yordamni XAMAS qo‘liga tushishining oldini olish maqsadida yetkazib berish mexanizmlarini o‘zgartirishga qaror qilgan. Yangi tartibga ko‘ra, yordam go‘yoki xorijiy tashkilotlar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri falastinlik oilalarga taqsimlanadi. Xavfsizlikni esa Isroil harbiylari ta’minlaydi. Ularning xalqaro tuzilmalar vakillariga nisbatan munosabatidan xulosa qilib, XAMAS mazkur qarorni rad etgan va Tel-Avivni “insonparvarlik yordamini siyosiy aldov vositasi sifatida foydalanish”da ayblagan. Isroil armiyasi bosh shtabi rahbari so‘nggi kunlarda hukumatni ogohlantirdi: mabodo amaliyot ko‘lami kengaytirilsa, asirlar halok bo‘lishi mumkin.

Ma’lumotga ko‘ra, XAMAS 2023 yil 7 oktyabrda garovga olgan 59 fuqaroni ushlab turibdi. Ulardan faqat 24 nafari tirikligi taxmin qilinmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/GbdOTF67Nr8" title="Tel-Avivda ommaviy norozilik" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

K.Bekjonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tel-Avivda ommaviy norozilik (+video)