Kichik biznes xalqimiz uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, barqaror daromad manbalarini shakllantirishning eng muhim omillaridan biriga aylandi. Bugun yurtimizda ish bilan band aholining 76 foizdan ortig‘i shu sohada mehnat qilayotgani buning dalilidir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mulk va mulkiy munosabatlar muhofazasi kafolatlangan. 

Kichik biznes xalqimiz uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, barqaror daromad manbalarini shakllantirishning eng muhim omillaridan biriga aylandi. Bugun yurtimizda ish bilan band aholining 76 foizdan ortig‘i shu sohada mehnat qilayotgani buning dalilidir. Soha huquqiy asoslarining mustahkamlangani tadbirkorlikni rivojlantirish uchun keng yo‘l ochdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida bo‘lib o‘tgan tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga qayd etishning onlayn-elektron tizimi taqdimotiga bag‘ishlangan tadbirda shu haqda so‘z yuritildi.

Adliya vazirining o‘rinbosari A.Usmonov va boshqalar tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlarga qulay shart-sharoit yaratish va imtiyozlar berish ko‘lami kengaygani soha rivojiga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Davlatimiz rahbari Islom Karimovning 2005-yil 14-iyunda qabul qilingan “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari sohada muhim burilish yasadi.

Mazkur hujjatlarda tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish, taftish qilish belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilishi, ularga nisbatan huquqiy ta’sir choralarining faqat sud tartibida qo‘llanilishi belgilandi. Nazorat organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari o‘z vakolatlari va nazorat sohasi doirasidan tashqaridagi masalalar bo‘yicha tekshirish o‘tkazgani, tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashgani uchun yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi, hatto jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilab qo‘yildi. Bu tartiblar hayotimizda o‘zining amaliy ifodasini topgani bois noqonuniy tekshirishlar keskin qisqardi.

Adliya vazirligi tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish jarayonida noqonuniy tekshirishlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratayotgani ham ishbilarmonlarning erkin faoliyat yuritishiga zamin yaratmoqda. 2000-yilda vazirlik tashabbusi bilan tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi joriy etilgani tadbirkorlar faoliyatiga asossiz aralashuv, noqonuniy tekshirish o‘tkazilishining oldini olishga xizmat qilayotir. 

Hozir 350 mingga yaqin tadbirkor ushbu kitob bilan ta’minlangan bo‘lib, uni to‘ldirish tartibiga rioya qilinayotgani yuzasidan Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi hamda Adliya vazirligi tomonidan tizimli monitoring yuritilmoqda. Joriy yilda 10 mingga yaqin monitoring o‘tkazilib, aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning zudlik bilan oldini olish choralarini ko‘rish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga qayd etishning onlayn-elektron tizimi joriy etilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha har qanday tekshiruvchi va tekshirishga oid ma’lumotlarning internet tizimi orqali kiritilishi va uning qonuniyligi ustidan zudlik bilan monitoring o‘tkazish va tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlashdan iborat.

Davra suhbatida yangi tizimni to‘liq joriy etish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tekshirishlarni qayd etish elektron shaklda