Tejamkorlik ham buyuk ezgulik (+video)
Hayotimizda ko‘p ibratli voqelarga duch kelamiz, kimnidir ezgu-amalidan bir hikmat topamiz, kimdandir o‘rnak olamiz, mushohada qilamiz. Birni ko‘rib fikr, birni ko‘rib shukr qilamiz.
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida bekam-ko‘st hayot kechirayotgan, nafaqadagi Nigora Nosirovaning xonadonini mahalla-ko‘y yaxshi biladi. Xonadon sohibasining ezgu-amallari boshqalarga o‘rnak qilib ko‘rsatiladi. Bu inson bilan suhbatlashganimda ayniqsa bugun jamiyatimiz uchun dolzarb bo‘lib turgan masala: ko‘chat ekish ishlarini amaliy qo‘llab-quvvatlayotganliklari, tadbirkorlik ortidan topayotgan daromadlarini ro‘zg‘oridan orttirib, kam ta’minlanganlarga, ota-ona mehridan mahrum bo‘lganlarga ulashayotganliklari e’tiborimizni tortdi.
Oila kengashib, xonadonlaridagi yengil avtoulovlarni sotib, o‘rniga “LABO” yuk mashinalari va unga o‘rnatiladigan 2 tonnalik sig‘imga ega suv idishlarini harid qilishlari va yozning chillasida chanqagan dov-daraxtlarni sug‘orib, asrab qolishlari har qancha taqsinga loyiq.
Nigora hoji ona avval mahallama-mahalla, so‘ngra shahar chekkalarini aylanib, suvsiz qolgan, qurish arafasidagi daraxt ko‘chatlarini aniqlaydi. So‘ngra ishchilariga aynan ariq va kanal suvlaridan idishlarga to‘ldirib, ularni sug‘orishni buyuradi va o‘zi nazorat qilib turadi.
Shu o‘rinda bir mulohaza. Agarda barcha shu Nigora opadan chin dildan harakat qilsa, chor-atrofga befarq bo‘lmay, bugun yurtimiz bo‘ylab millionlab ekilayotgan ko‘chatlarni o‘z parvarishiga olsa, ona-tabiatimizda katta o‘zgarish ro‘y bergan bo‘larmidi, ekologiya tufayli yuzaga kelayotgan turli kasalliklar barham toparmidi. Mamlakatimiz cho‘lu-biyobonlari obod maskanlarga aylanarmidi. Xullas, hoji onaning hayotiy o‘gitlarini tasvirga muxrladik.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/AejinPN1wXQ?si=SzGnK7bEx8BdeYzp" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov
Abror Sodiqov
Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA