So‘nggi yillarda elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj keskin o‘smoqda. Buni aholi sonining ko‘payishi va turmush darajasining o‘sishi, turli maishiy texnika vositalaridan keng foydalanilayotgani hamda sanoat rivojlanib, ko‘plab yangi ishlab chiqarish quvvatlarining foydalanishga topshirilayotgani bilan izohlash mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustda qabul qilingan “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori elektr energiyasidan unumli va tejamkorlik bilan foydalanishda muhim omil bo‘layotir. Unda iste’molchi o‘ziga tegishli elektr tarmoqlariga, ruxsat etilgan quvvat miqdori darajasida, kuchlanishi 1000 voltgacha bo‘lgan qo‘shimcha elektr qurilmalarini ulashi mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, elektr energiyasidan hisoblagichlarsiz foydalanish qat’iyan taqiqlanadi. Hisoblagich moslamalar mavjud bo‘lmagan va ayrim sabablarga ko‘ra uy-joyda istiqomat qilmayotgan iste’molchilar bu haqda elektr ta’minoti korxonalariga xabar berishlari shart.

– Katta sarf-xarajatlar hisobiga ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasidan foydalanishda, albatta, hisoblagichlar talab etiladi, – deydi “O‘zbekenergo” kompaniyasi “Energosotish” filiali axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i Nurulla Mahmudov. – Agar u iste’molchining aybisiz vaqtinchalik buzilgan bo‘lsa, yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob hududiy elektr tarmoqlari korxonasining qarori bilan o‘rtacha sutkalik sarf bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunday hisob-kitob qilish davri bir oydan oshmasligi va shu vaqt ichida hisoblagichlar tiklanishi zarur.

Xalqimizda tiyinning qadriga yetmagan so‘mning qadriga yetmaydi, degan naql bor. Elektr energiyasidan oqilona foydalanish, iste’mol qilingan miqdor uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish har bir iste’molchining majburiyati hisoblanadi. Aholiga qulayliklar yaratish va hisob-kitob tizimini takomillashtirish maqsadida onlayn rejimida ishlovchi qo‘shimcha to‘lov shoxobchalari tashkil etilmoqda. Elektr tarmoqlari korxonalarining mavjud hisob-kitob bo‘limlari ham onlayn rejimiga o‘tkazilmoqda.

Hozirgi kunda “O‘zbekenergo” kompaniyasi to‘lovlarni PAYNET va SMS-to‘lov tizimlari orqali onlayn rejimida qabul qilish bo‘yicha qator tijorat banklari, “O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bu tizimda iste’molchi amalga oshirgan to‘lov haqidagi ma’lumot shu zahoti tegishli elektr ta’minoti korxonasining ma’lumotlar bazasiga kelib tushadi. Shu bilan birga, iste’molchining mobil telefoniga to‘lov qabul qilinganligi haqida SMS-xabar keladi. Joriy yilning may oyiga qadar ushbu tizim vositasida 195,2 milliard so‘mlik to‘lovlar qabul qilingan.

Mamlakatimizda energetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’moli hajmini kamaytirish va uni tejashning samarali tizimini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Energiyani tejash haqida so‘z borar ekan, avvalo buni har bir inson o‘z xonadonidan boshlashi shart.

– Aholi xonadonlariga energiyani tejovchi lampalarni o‘rnatishni ko‘paytirish orqali elektr energiyasi iste’molini o‘rtacha 20 foizga kamaytirish mumkin, – deydi N.Mahmudov. – Yaqinda sinov tariqasida Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi mahallalardan birida 93 xonadonda energiyani tejovchi lampalar o‘rnatildi. Natijada energiyaga ehtiyoj yuqori bo‘lgan soatlarda iste’mol quvvati 110 kVtdan 88 kVtga tushdi. Bu raqam mamlakatimizdagi 5,4 millionta xonadonga o‘rnatilgan cho‘g‘lanma lampalarni energiyani tejovchi lampalarga almashtirish qanchalik katta miqdorda samara olib kelishi mumkinligini ko‘rsatib turibdi.

O‘zbekiston o‘zini o‘zi energiya bilan ta’minlaydigan mamlakat. Biroq bu bizga qimmatbaho tabiiy resurslarga xo‘jasizlarcha munosabatda bo‘lish huquqini bermaydi. Bu noyob boyliklarda kelgusi avlodlarimizning ham haqqi borligini doimo yodda tutishimiz zarur. Zero, iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini kuchaytirish, aholi farovonligini yuksaltirish ko‘p jihatdan mavjud resurslardan, jumladan, elektr energiyasidan qanchalik tejamli va oqilona foydalanishimizga ham bog‘liq.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tejamkorlik – farovonlik omili