TDT hukumat rahbarlari, vitse-prezidentlari Bokuda to‘plandi
Ozarbayjon poytaxtida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari, vitse-prezidentlari uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bergan.
O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov, Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz, Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov, Qirg‘iziston Bosh vaziri Adilbek Kasimaliyev, Turkiya Bosh vaziri Unal Ustel, Turkmaniston Bosh vaziri o‘rinbosari Nokerguli Ataguliyev va TDT Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev ham ishtirok etayotgan tadbirda Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov turkiy dunyoning geostrategik joylashuvi TDT mamlakatlari uchun beqiyos afzallik yaratishini ta’kidladi.
Yig‘ilishda Sharq-G‘arb va Shimol-Janub yo‘nalishlari chorrahasida joylashgan, Yevropa va Osiyoni bog‘laydigan mintaqamiz xalqaro transport va logistika nuqtai nazaridan o‘ta muhim hududligi qayd etildi. Ushbu salohiyatdan yanada samarali foydalanishda transport tizimini rivojlantirish, tranzit imkoniyatini kengaytirish ustuvor yo‘nalish ekani ma’qullandi.
G.Sattorova, O‘zA