Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Saudiya Arabistoni Podshohligi Qirol Salmon nomidagi xalqaro arab tili akademiyasi (KSAA) hamkorlik memorandumini imzoladi.

Tillarni qo‘llab-quvvatlash, turli sohalar bo‘yicha o‘rgatish, til yaxlitligini saqlash orqali inson salohiyatini ochib berish Saudiyaning “Nigoh-2030” Davlat dasturi maqsadlariga muvofiq keladi. Ushbu qadam hamkorlikni kuchaytirish, strategik maqsadlarga erishishni ham ko‘zlagan.

Universitetda uyushtirilgan imzolash marosimida Akademiya bosh kotibi, professor doktor Abdulloh bin Solih Al-Vashamiy, TDSHU rektori Gulchehra Rexsiyeva hamda ushbu davlatning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Yusuf Al-Utaybiy ishtirok etdi.

Memorandumda boshqa tilda so‘zlashuvchilar uchun arab tilini bilish darajasi testini o‘tkazish, o‘quv adabiyoti va zamonaviy o‘quv dasturlari tayyorlash, tilni o‘rganish va o‘qitish yo‘nalishida maxsus tadqiqot olib borish, arabcha-o‘zbekcha lug‘at tayyorlash, qo‘lyozmalarni o‘rganish, indekslash, arxivlash va yuritish kabi bandlar jamlangan.

Darvoqe, ushbu akademiya tomonidan turli mamlakatlarda yo‘lga qo‘yilgan ilmiy dasturlar doirasida O‘zbekistonda arab tili oyligi o‘tkazildi. Tadbir davomida seminar, o‘quv kurslari va ilmiy munozaralar tashkil etildi.

Muharrama Pirmatova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TDSHU va Saudiya akademiyasi hamkorligi mustahkamlandi