O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining buyrug‘iga asosan Bahodir Mamatovich Bekxo‘jayev Namangan viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Bahodir Bekxo‘jayev 1972 yil 1 yanvarda Namangan shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-quruvchi. U faoliyati davomida sanoat ishlab chiqarish korxonalari, boshqarma va tashkilotlar hamda mahalliy hokimlik idoralarida turli mas’ul va rahbarlik vazifalarida ish olib borgan. Tayinlovga qadar Bahodir Bekxo‘jayev Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.