Tayinlov: Turizm va sport vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi
Prezidentning 9 apreldagi farmoni asosida Aziz Abdukaxarovich Abduxakimov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Shuningdek, Prezidentning tegishli qarori asosida, Ulug‘bek Axmadovich Azamov turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, Abdulaziz O‘rolboyevich Aqkulov turizm va sport vazirining o‘rinbosari, Avazjon Qudratillayevich Karimov turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga, Zarif Ochilovich Kazakov turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Prezidentning tegishli qarori asosida boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Sayfiddinovich Irmatov hamda jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari Nodir Xujamqulovich Murotov lavozimidan ozod etildi;
Prezidentning tegishli qarori asosida boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Faxriddin Umarovich Davrukov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.