Taxmina Ikromova Osiyoda tengsiz
Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli yakunladi. Musobaqaning so‘nggi kunida hamyurtlarimiz 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Kattalar o‘rtasidagi bellashuvlarda Taxmina Ikromova halqa, to‘p, tasma va bulava mashqlarida tengsiz ekanini namoyon etib, 4 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi. Yoshlar bahslarida esa Anora Mamajonova bulava dasturida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Shuningdek, Natalya Usova tasma mashqida kumush, bulava mashqida bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Yasmina Zufarova yoshlar o‘rtasidagi tasma dasturida kumush medalga ega chiqdi.


Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi badiiy gimnastika bo‘yicha qit’a birinchiligini jami 16 ta medal — 12 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakunladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA