Tatariston yoshlari O'zbekistonda (+video)
O‘zbekiston Respublikasi ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondi maydonida O‘zbekiston yoshlari va Tatariston Respublikasi yoshlaridan iborat delegatsiyasi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy, media va yoshlar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, jurnalistika va axborot texnologiyalari bo‘yicha tajriba almashishni kengaytirish, shuningdek yosh avlod uchun ilhom manbai bo‘luvchi yangi muloqot maydonini yaratishdan iborat bo‘ldi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/zkCBB4-lwdo" title="Tatariston yoshlari O`zbekistonda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin NurDoniyoriddinov, Doniyor Yakubov, O‘zA