“NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasi tasarrufidagi “Farhod” madaniyat saroyida Chexiyada o‘tgan an’anaviy “Lidice 2023” 51-xalqaro bolalar tasviriy san’at ko‘rgazmasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Taqdirlash marosimida Chexiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Lyubomir Frebort janoblari ishtirok etib, tanlov g‘oliblarini tabrikladi hamda g‘oliblar – 9 yoshli Amira Salimova, 11 yoshli Amirxon Ahmadov, 15 yoshli Shodiyona Qo‘ldosheva va 16 yoshli Nafisa Bahorayimovalarga tanlovning diplom va sovg‘alarini topshirdi. To‘garak rahbari Nilufar Xo‘jayevaga esa tanlov nishoni taqdim etildi. 

– Mazkur tanlovga o‘quvchilarimiz bilan qatnashib, ijodiy ishlarimizni pochta orqali Chexiya Respublikasiga jo‘natgan edik, – deydi “Farhod” madaniyat saroyining “Tasviriy san’at studiyasi” rahbari Nilufar Xo‘jayeva. – Guvohi bo‘lib turganingizdek, 4 nafar shogirdimizning tasviriy san’at ishlari g‘oliblikka munosib ko‘rilibdi. Bugun elchi janoblari tomonidan g‘olib bolalarimiz munosib taqdirlanishdi. Ulardagi quvonchni ko‘rib, men ham  hayajonlandim. 

O‘z navbatida to‘garak rahbari Nilufar Xo‘jayeva o‘z asarlaridan birini elchi janoblariga hadya qilar ekan, Chexiya Respublikasida o‘z ko‘rgazmasi bilan ishtirok etish taklifini bildirdi. 

Tadbirdan so‘ng elchi janoblari “NKMK jamg‘armasi” DM Bosh direktori D.Ochilov va NKMK xodimlari kasaba uyushmasi kengashi raisi I.Rahmatov hamrohligida “NKMK tarixi muzeyi”da bo‘lib, bu yerdagi eksponatlar bilan yaqindan tanishdi.  

A.Bo‘riyev,  

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tasviriy san’at studiyasi bolalari Chexiyadagi tanlov g‘olibi