Farg‘onada 7 trillion so‘m bo‘lgan 892 ta loyiha amalga oshirildi

Prezidentimizning o‘tgan yilgi tashrifidan so‘ng Farg‘ona viloyatida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining ijrosi ta’minlanib, barcha sohalarda salmoqli natijalar qo‘lga kiritildi. Pandemiya sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilish, bandligini ta’minlash maqsadida manzilli chora-tadbirlar olib borildi.

O‘tgan yilda dasturga asosan umumiy qiymati 7 trillion so‘m bo‘lgan 892 ta loyiha amalga oshirilib, 20 ming 241 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Mazkur loyihalar ishga tushirilishi natijasida 3,79 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari, 636,98 milliard so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hamda 691,57 milliard so‘mlik xizmatlar ko‘rsatish, shundan 33,38 million dollarlik eksportbop mahsulotlar, 73,56 milliard so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi.

Farg‘ona tumanidagi "Boxodir Log'on Tekistil" mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxona tomonidan kalava ip, mato ishlab chiqarish va mato bo‘yash, "Yekokerama" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan keramikadan santexnika buyumlari ishlab chiqarish, Farg‘ona shahridagi "Fergana Global textile" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan to‘qimachilikni tashkil etish loyihalari shular jumlasidandir. Albatta, bu kabi ishlar natijasida ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Mamlakatimizning barcha hududida bo‘lgani kabi viloyatda ham ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish maqsadida ko‘rilayotgan amaliy chora-tadbirlar o‘z samarasini bermoqda. Hududlarda “Tadbirkorlik uylari” tashkil etildi. Sektor rahbarlari, mas’ul xodimlar tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘makdosh bo‘lish uchun tizimli ish tashkil etgan. Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 21 ming 76 ta loyihaga 565,4 milliard so‘m kredit mablag‘i ajratildi.

2020 yil davomida 48,3 ming nafar (shundan iyun-dekabr oylarida 24,2 ming nafar) fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilib, jamoat ishlari jamg‘armasi hisobidan ish haqi uchun 35,3 milliard so‘m sarflangan. Iyun-dekabr oylarida 8,2 ming nafar kambag‘al oilalarning ishsiz a’zolari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilinib, ularning bandligi ta’minlandi hamda 5 milliard so‘m mablag‘ jamoat ishlarida qatnashgan kambag‘al oila a’zolariga ish haqi sifatida to‘lab berilgan. 3,2 ming nafar fuqarolarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 10,5 milliard so‘m miqdorida subsidiyalar berildi.

[gallery-1012]

Xorijga chiqib ketayotgan shaxslarni kasbga va xorijiy tillarga o‘qitish maqsadida hududlarda kasbga o‘qitish markazlari tashkil etildi. Jumladan, Bandlik jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Farg‘ona shahar sanoat kasb-hunar kollejida ishsiz aholiga xizmat ko‘rsatuvchi “Ishga marhamat” monomarkazi ochilib, faoliyat ko‘rsatmoqda. Farg‘ona tumani kasb-hunarga o‘qitish markazi va uning 17 ta hududida tashkil etilgan mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlarida chet elda ishlash istagida bo‘lgan 1600 nafar fuqaro xalqaro mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitishga jalb qilinib, 510 nafar fuqaro o‘quv kurslarini yakunlagan bo‘lsa, bugungi kunda 1090 nafar fuqaro o‘quv kurslarini davom ettirmoqda.

“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ham bir qator ishlar olib borilmoqda. Viloyatda 43 ming 314 ta oiladagi 181 ming 229 nafar a’zosi “Temir daftar”ga kiritildi. 66 ming 858 ta oilaning mehnatga layoqatli a’zosining bandligini ta’minlash bo‘yicha jami 57 ming 557 ta oilaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lganligi va bandligi ta’minlanganligi natijasida “Temir daftar”dan chiqarilishiga erishildi.

2020 yil davomida Respublika, mahalliy byudjet hamda “Farg‘ona suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati mablag‘lari hisobidan aholini ichimlik va oqova suv ta’minoti tizimini yaxshilash maqsadida 281,9 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari tortildi, 193 dona nasos uskunalari o‘rnatildi, 9 ta ichimlik suvi qudug‘i qazildi, 4 dona transformator o‘rnatildi, 4 ta zararsizlantirish uskunasi o‘rnatildi, 5 ta xlorlash xonasi qurildi, 5 ta suv minorasi o‘rnatildi, 5 dona rezervuar qurildi.

bugungi kunda ta’lim, tibbiyot, madaniyat, sport va qishloq xo‘jaligi sohasida keng qamrovli ishlar davom etyapti. Aholi bilan ishlashning “mahallabay” tizimini yaratish bo‘yicha harakatlar boshlandi.

Umuman, bugun Farg‘ona viloyatida keng ko‘lamli bunyodkorlik hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Natijada qishloq va shaharlar obod bo‘lib, aholi farovon turmush kechirmoqda. Zero, yurtimizda ro‘yobga chiqarilayotgan har bir ezgu ishdan ko‘zlangan pirovard maqsad – shu muqaddas zaminda umrguzaronlik qilayotgan insonlarning hayotdan rozi bo‘lib yashashlariga erishishdir.

M.Sulaymonov, M.Qodirov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashrifdan-tashrifgacha