Davlatimiz rahbarining o‘tgan yil 21-22 aprel kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi viloyatdagi yangi tashkil qilingan Ko‘kdala tumanidan boshlangan edi. Tashrifdan so‘ng ushbu tumanda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Ta’kidlash lozimki, Ko‘kdala tumanining tashkil etilishi bu albatta, qashqadaryoliklar uchun yil voqeasi bo‘ldi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan “Inson qadri uchun” ezgu g‘oyasining amaldagi ifodasi, xalqning ko‘nglidagi gap bo‘ldi.

Tumanni rivojlantirish uchun davlat byudjetidan 3 yil ichida 2 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi. Yettitom shaharchasida tuman hokimligi va mahalliy idoralar uchun binolar, “Yangi O‘zbekiston” massivi, bog‘cha va maktablar, poliklinika, istirohat bog‘i, xalqaro ahamiyatdagi yo‘l bo‘yida xizmat ko‘rsatish va savdo majmualari barpo etilmoqda. 159 kilometr yo‘l ta’mirlanib, 50 kilometr ichimlik suv, 80 kilometr elektr tarmoqlari qurilmoqda. 

Masalan, “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tashabbusi bilan Ko‘kdala tumanida “Chorvador” nimstansiyasi foydalanishga topshirildi. Ilgari mazkur nimstansiyasida 3200 va 4000 kVatlik transformatorlar atrofdagi 13 ta qishloq aholisini elektr energiyasi bilan ta’minlagan. Ammo bu quvvat mavjud ehtiyojni qondira olmagan. Ayniqsa, hududda nasoslar yordamida yer osti suvlarini chiqarish orqali dehqonchilik qilish rivojlangandan keyin tarmoqdagi quvvat mavjud talabga umuman javob bermay qolgan. Natijada tarmoqda soatlab uzilishlar yuzaga kela boshlagan.

 Davlatimiz rahbarining Qashqadaryo viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida belgilab berilgan topshiriqlarga asosan yangidan tashkil etilgan Ko‘kdala tumani aholisiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishga doir qurilish ishlari boshlandi. Unga ko‘ra, hududda 2 ta “Ko‘kdala” va “Chorvador” nimstansiyalarini qurish va o‘zaro bog‘lash nazarda tutildi. Mana shu topshiriqlar ijrosi doirasida salkam uch oy mobaynida “Chorvador” nimstansiyasi faoliyat boshladi. “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ quruvchi-muhandislari tomonidan bunyod etilgan quvvati 16000 va 10000 kVa, 110/35/10 transformator qurilmalari ishga tushdi. Nimstansiyaga qadar 12 kilometr havo elektr tarmog‘i tortildi. O‘tgan yilning o‘zida tumanda 20 dan ortiq maktabgacha ta’lim maskani, 2 ta maktab, 18 ta mahalla binosi, kutubxona, sport inshootlari foydalanishga topshirilishi tuman ahlining hayotdan rozi bo‘lib yashashi uchun g‘amxo‘rlik va hech kimdan kam bo‘lmasligi yo‘lidagi ulug‘vor ishlardir. 

Masalan Ko‘kdala tumani Yettitom shaharchasi Oltin dala mahallasida 120 o‘rinli, 7-sonli zamonaviy davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Ushbu mahallada 3 ming 800 nafar aholi istiqomat qilib, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar soni 470 nafarni tashkil etadi. Shundan atigi 50 nafari 1 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olingan. Tumanning Xo‘jaobod qishlog‘ida foydalanishga topshirilgan Davlat soliq qo‘mitasi homiyligida bunyod etilgan yangi maktab binosi ham mana shunday islohotlarning natijasidir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Ko‘kdala tumanida 4 ta yangi maktab qurish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma bergan edi. Yangi o‘quv yilida ikki qavatli, 240 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu ta’lim maskani foydalanishga topshirilgan maktablarning birinchisi bo‘ldi. Mazkur hududda aholi soni ko‘pligi bois, 160 o‘ringa mo‘ljallangan eski maktabda o‘quvchilar soni 400 nafardan oshib ketgan edi. Tabiiyki, o‘quv xonalarining yetishmasligi, sinfda o‘quvchilar sonining me’yordan oshiqligi ta’lim sifatiga salbiy ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmasdi. 

– Zamonaviy ta’lim standartlariga javob beradigan mazkur maktab binosi timsolida yurtimizda ta’limga berilayotgan e’tibor, g‘amxo‘rlikni his qilyapman, – deydi maktab direktori Go‘zal Jo‘rayeva. – Bunday g‘amxo‘rlik yoshlarimizda bilim olishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi. Maktab zarur o‘quv jihozlari, sport anjomlari, laboratoriya xonalari bilan to‘liq ta’minlangan. Quvonarlisi, endi maktab hududida mini futbol stadioni ham mavjud. 

Ta’lim dargohida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammo kuzatilmaydi. Chunki maktab uchun maxsus quyosh paneli o‘rnatildi. O‘tgan yilda viloyatda sanoat yo‘nalishidagi loyihalarning amaliyotga tatbiq etilishida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi. Masalan, viloyatning Kitob tumanida xitoylik hamkorlar ishtirokida barpo etilgan “Qarshi konch sement” qo‘shma korxonasi foydalanishga topshirildi. Tumanning ulug‘vor tog‘lari etagida ish boshlagan korxona Qashqadaryo viloyatidagi ilk sement zavodi hisoblanadi. 

– Ushbu sement zavodini ochilishi viloyatimiz aholisi uchun quvonchli yangilik bo‘ldi, – dedi viloyat hokimi M.Azimov. – Muhtaram yurtboshimiz tomonlaridan olib borilgan oqilona va to‘g‘ri siyosatning natijasi o‘laroq viloyatga chet el investorlari ishtirokidagi korxonalar soni bugunga kelib yana bittaga ko‘paydi. Ushbu korxonaga 2019 yilning oktyabr oyida tamal toshi qo‘yilgan edi. Mana qariyb 2 yildan oshiq vaqt davomida ushbu sanoat korxonasi qad rostladi. Korxona xitoylik hamkorlarning 150 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya mablag‘i hisobiga ishga tushirildi. Kitob tumanining “Makrid” kengliklari hududidagi 62 gektar yer maydonda joylashgan ushbu korxonada yiliga 1,2 million tonna M-400, M-500 va M-600 markali sement ishlab chiqariladi. Korxona mahsulotlari viloyatda ravon va keng ko‘chalar, osmono‘par bino-inshootlar va yangi uy-joylar barpo etishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, korxona faoliyati viloyatning eksport salohiyatiga ham sezilarli ta’sirini ko‘rsatadi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, qolaversa, Xitoy davlatlariga yiliga o‘rtacha 12 million dollarlik sement eksport qilinadi. Muhimi ushbu korxonaning ishga tushishi natijasida ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratilib, 400 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlandi. 

Viloyatda keyingi yillarda xitoylik ishbilarmonlar bilan samarali hamkorlik o‘rnatilmoqda. O‘tgan yilning yoz oylarida Qashqadaryo viloyati va Xitoy Xalq Respublikasi ishbilarmonlari o‘rtasida ilk marotaba tashkil etilgan forum ham fikrimiz tasdig‘idir. Pandemiya sababli onlayn formatda o‘tkazilgan forumda O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Muxtor elchisi Farhod Arziyev va Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov ishtirok etdi. Ta’kidlandiki, O‘zbekiston va Xitoy davlatlarining savdo-iqtisodiy aloqalari yildan-yilga shiddat bilan rivojlanib, so‘ngi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb 1,7 barobarga o‘sishiga erishildi (2021 yilda 7,4 milliard dollar, 2022 yil 1-yarmida 4,5 milliard dollar). Buni Qashqadaryo viloyati misolida ham ko‘rish mumkin. 

Xususan, Kitob tumanida “Qarshi konch sement” MCHJ QK tomonidan qiymati 150 million dollarlik sement, Qarshi tumanida “"LT TEXTILE INTERNATIONAL” MCHJ QK tomonidan 217 million dollarlik ip-kalava ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirildi.

 – Hozirda Qashqadaryo viloyatida 35 ta Xitoy sarmoyasi ishtirokida qo‘shma korxonalar faoliyat olib bormoqda, – deydi viloyat hokimi Murodjon Azimov. – Ularning yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi 111 million dollarni tashkil etib, Xitoyga mahsulotlar eksporti hajmi 5 million dollarga o‘sishga erishildi. Joriy yil birinchi yarim yilligida O‘zbekiston-Xitoy tashqi savdo aylanmasida viloyat hissasi 63 million dollarni tashkil etmoqda. Viloyatdan 25 turdagi 14 million dollarlik mahsulotlar eksportga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 250 turdan ziyod 59 million dollarlik mahsulotlar import qilingan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish maqsadida, viloyatda Xitoy tajribasiga asosan 45 ta kichik sanoat zonasi va Qarshi aeroportiga yondosh 120 gektar maydonda erkin iqtisodiy zona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu hududlarda tadbirkorlik faoliyati uchun davlat tomonidan barcha muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi yaratilgan. Qashqadaryo viloyati respublikada hududining kattaligi bo‘yicha 3-o‘rin, aholisi soni bo‘yicha 4-o‘rinda turadi. Viloyat hududida yerosti va yerusti tabiiy qazilma boyliklari, qolaversa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha ulkan xomashyo bazasi hamda iste’mol bozori mavjud. Viloyatda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarning sanoat usulida qayta ishlash darajasi past. Xususan yetishtirilgan mevaning 12 foizi, sabzavotning 2 foizi, uzumning 4,8 foizi, go‘shtning 1,1 foizi, sutning 2,8 foizi qayta ishlanayotganligi, bu mahsulotlarga viloyatning o‘zida katta bozori borligini ko‘rsatadi.

Viloyatda keyingi 5 yilda yetishtiriladigan qariyb 10 million tonnalik chorvachilik mahsulotlarini yoki qariyb 65 million tonnalik dehqonchilik mahsulotlarni qayta ishlash bo‘yicha yangi investitsiya loyihalarini joriy etish zarurati mavjud. Vaholanki, juda katta miqdorda qayta ishlangan qishloq xo‘jalik mahsulotlari viloyatga chetdan yoki boshqa viloyatlardan olib kelinadi. Bundan tashqari, viloyat hududida 23 turdagi 147 ta foydali qazilmalar mavjud. Masalan, kafel uchun zarur bo‘lgan xomashyoning 90 foizi, santexnika (unitaz, rakovina va boshqalar) mahsulotlari uchun 98 foiz, steklokristallit uchun 72 foiz, qurilish oynasi uchun 86 foiz hamda chinni idishlar uchun 100 foiz komponentlar viloyatdagi konlarda mavjud. Ushbu xomashyo zaxiralarini qo‘shma korxonalar tashkil qilib, shu yerning o‘zida viloyatning ichki bozori va tashqi bozorlar uchun qayta ishlansa va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilsa yuqori natijalarga erishish mumkin. Eng asosiysi bu mahsulotlarga talab yuqori, xususan keyingi 5 yilda 24 ming xonadonli, 2022 yilning o‘zida 3,5 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar qurilishi rejalashtirilganligi qurilish materiallariga talabning yuqoriligini ko‘rsatadi.

 Qashqadaryoda kelgusi 5 yilda, ya’ni 2026 yilga borib, aholi soni 4 million kishiga yetishi oziq-ovqat, qurilish materiallari, to‘qimachilik mahsulotlari va boshqa turdagi birlamchi mahsulotlarga talab oshib borishi taxmini ilgari surilgan. Yana bir masalani alohida qayd etish zarurki, 2021 yilda viloyat bo‘yicha elektr energiyasiga talab 5,6 milliard kVtni tashkil qilib, yiliga o‘rtacha 300 million kVtga ortmoqda. Xitoy davlati mazkur yo‘nalishda dunyoda 1-o‘rinda bo‘lib, iqtisodiyot ehtiyojining asosiy qismini muqobil energiya bilan ta’minlaydi.

 Biznes forum davomida viloyatda ham muqobil energiya manbalari ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun barcha infrastruktura (yo‘l, bino, elektr, gaz) va qulay ishlab chiqarish muhitini yaratish maqsad qilinayotgani qayd etildi. Forum doirasida Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy salohiyati, xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va keng imkoniyatlar haqida so‘z bordi. Ishtirokchilarga Qarshi shahrida tashkil etilgan “Erkin iqtisodiy zona” imkoniyatlari va yaratilgan qulayliklar aks etgan videorolik havola etildi. Ikkala davlat ishbilarmonlari o‘rtasida iqtisodiy va investitsion muhitni yoritib beruvchi qator taqdimotlar o‘tkazildi. Tadbir so‘ngida Xitoy Xalq Respublikasining “LONGI SOLAR TECHNOLOGY CO., LTD.” korxonasi bilan qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalarining texnik va iqtisodiy samaradorligini oshirish hamda Qashqadaryo viloyatida quyosh energetikasi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. 

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa yoshlarga tadbirkorlikni o‘rgatish va ularning g‘oyalarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Prezident tashabbusi bilan respublika bo‘ylab har bir shahar va tumanlarda tashkil etilayotgan “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari” muhim ahamiyat kasb etayotir. Qarshi shahri Xontepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 2 gektar maydonda Yoshlar sanoat zonasi ish boshladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu Yoshlar sanoat zonasi uchun elektr tarmog‘i tortilib, 630 kVt quvvatli transformator o‘rnatildi. 400 metr yo‘l asfalt qilindi, ichimlik suv va tabiiy gaz tarmoqlari tortildi. Sanoat zonada yosh tadbirkorlar tomonidan qiymati 27 milliard so‘m bo‘lgan 24 ta loyiha amalga oshirilishi boshlangan. Qisqa vaqt ichida 23 milliard so‘mlik 20 ta loyiha ishga tushirildi va hozirgi kunda 300 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi. Jumladan, tekstil va to‘qimachilik sanoati bo‘yicha 11 ta, mebel sanoati bo‘yicha 8 ta, kimyo sanoati sanoati yo‘nalishida 1 ta loyiha o‘z faoliyatini boshladi.

 Viloyatning har bir shahar va tumanlarida 15 ta mana shunday Yoshlar sanoat zonalari tashkil etilmoqda va ularni barcha muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash uchun davlat byudjetidan 17 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Qolaversa, yosh tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida ham Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 100 million dollar imtiyozli kredit resursi ajratildi. Ushbu kredit mablag‘lari viloyatda 10 ta tijorat banklari tomonidan 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga xorijiy valyutada 4 foiz va milliy valyutada 14 foiz stavkada ajratilmoqda. Ayni kunda viloyatdagi har bir Yoshlar sanoat zonalarida yosh tadbirkorlar tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda. E’tiborlisi shundaki, mazkur sanoat zonalardagi yosh tadbirkorlar nafaqat o‘zini balki o‘zi kabi 2 ming nafardan ziyod yoshlarni ish bilan ta’minlaydi. 

Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar aholi farovonligini oshirish, turmush tarzini yanada yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Prezidentimizning viloyatlarga, jumladan Qashqadaryoga tashrifi yangi-yangi g‘oyalar, tashabbuslarni amalga oshirish, iqtisodiy barqarorlikni yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi.

O‘lmas Barotov, 

 Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashrifdan tashrifgacha: Qashqadaryo viloyati iqtisodiyoti yuksalmoqda