2024 yil mamlakatimiz tashqi siyosati sohasida ulkan yutuqlar bilan yodda qoldi.

Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilgan ko‘plab tashabbus, kelishuv va tashriflar, sermahsul tadbirlar mamlakatimizning xalqaro maydondagi mavqeini yanada yuksaltirdi.

Yil davomida yurtimizga 140 dan ziyod mamlakatdan oliy va yuqori, rasmiy hamda xorijiy hamkorlar vakillari darajasidagi 5 mingga yaqin xorijiy delegatsiya tashrif buyurdi.

O‘zbekiston delegatsiyalarining 130 mamlakatga jami 2200 davlat tashkilotlari vakillari, viloyat hokimlari, ularning o‘rinbosarlari darajasida 3610 marta xizmat safari tashkil qilindi. Mazkur uchrashuvlar chog‘ida aloqalarini yanada faollashtirishga qaratilgan aniq kelishuvlarga erishildi, samarali takliflar ishlab chiqildi, tegishli “yo‘l xaritalari” amalga tatbiq etilmoqda.

Hisobot davrida tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyalarimiz dunyoning 20 davlatiga bordi. 53 mamlakat bilan 100 dan ziyod muzokara, xorijiy hamkorlar bilan TIV rahbari darajasida 400 dan ziyod uchrashuv o‘tkazildi.
2024 yil yurtimizga 17 mamlakat tashqi siyosat idorasi yetakchilari keldi. Vazir o‘rinbosarlari va Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili boshchiligidagi delegatsiyalarimiz 18 mamlakatga tashrif amalga oshirdi, 300 ga yaqin muzokara o‘tkazdi.

O‘tgan yil davomida 22 mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari bilan siyosiy maslahatlashuvning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi. Hozirgi kunda iqtisodiy diplomatiya faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Ayni yo‘nalishda global hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan 6 000 dan ortiq turli darajadagi tadbir uyushtirildi.

Elchixonalarimiz tomonidan xorijda 100 ga yaqin, respublika hududlarida 700 dan ziyod xorijiy kompaniya ishtirokida 50 dan ziyod biznes-forum tashkil qilindi.

Jizzax, Farg‘ona, Andijon, Navoiy, Toshkent, Xorazm viloyatlarida xorij investitsiyasi ishtirokida 6 ta sanoat parki tashkil etildi. Chet eldagi elchixonalarimizning respublikamizdagi 14 hududi, 208 shahri va tumani bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash amaliyoti joriy etildi.

Viloyatlar va tadbirkorlar delegatsiyalari turli mamlakatlarga 100 ga yaqin tashrif amalga oshirdi.

Hududlarning investitsiyaviy, madaniy va sayyohlik imkoniyati bilan tanishish maqsadida Toshkentda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus rahbarlarining viloyatlarga tashrifini uyushtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimiz tashabbusi bilan Vetnam, Misr, Indoneziya, O‘mon, Kuvayt, Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil, Polsha va Buyuk Britaniyada savdo uylari ochildi.

O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rni yanada mustahkamlanishida hamkorlar bilan tuzilgan xalqaro shartnoma va bitimlar alohida ahamiyat kasb etadi. 2024 yil mamlakatimiz 278 ta ikki va ko‘p tomonlama xalqaro hujjatlar imzolangan va tasdiqlangan.

Davlat ichki protseduralarini amalga oshirish talab etiladigan 25 ta xalqaro shartnoma yuzasidan ichki talab bajarilib, kuchga kiritilgan.

Yil davomida O‘zbekiston 12 mamlakat bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi, jami hamkor mamlakatlar soni 156 taga yetdi.

Konstitutsiyamizning 22-moddasida O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, tashqarida ham fuqarolarini huquqiy himoya qilishi va homiylik ostiga olishi kafolatlangan.

2024 yil TIV va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar hamda konsullik muassasalari tomonidan fuqarolarimizning qonuniy huquqi va manfaatini himoya qilish, vatandoshlar bilan muloqotni mustahkamlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirildi.

Xususan, Konsullik-huquqiy faoliyat doirasida 240 000 dan ziyod O‘zbekiston fuqarosiga konsullik xizmati ko‘rsatildi. 7 964 nafar hamyurtimizni chet elda ish bilan ta’minlashga ko‘maklashildi, xorijda moddiy jihatdan murakkab vaziyatda qolgan 5 500 nafarga yaqin vatandoshimizga moddiy yordam ko‘rsatildi. 200 dan ziyod xorijda qiyin vaziyatga tushgan, ya’ni odam savdosi qurboni bo‘lgan yoki ishsiz, boquvchisiz qolgan va boshqa murakkab ahvoldagi fuqarolarimiz Vatanga qaytarildi, 8 000 ga yaqin o‘zbekistonlik vaqtincha saqlash muassasalaridan olib chiqildi. Pasporti ish beruvchi tomonidan noqonuniy tarzda olib qo‘yilgan 2 733 yurtdoshimizga shaxsini tasdiqlovchi hujjati qaytarildi. 20 nafarga yaqin odam savdosi qurboni bo‘lgan fuqaroga yordam berildi.

Xorijdagi vatandoshlarimiz ishtirokida o‘tkazilgan 4 800 tadbirda 500 mingga yaqin odam ishtirok etdi. Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 200 000 dan ko‘p murojaatning 18 280 tasi Vazirlik Konsullik-huquqiy departamentiga, 196 501 tasi chet eldagi vakolatxonalarimizga yuborildi. Barcha masalalar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilib, tegishli fuqarolarga vaqtida tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi.

2024 yil mobaynida 346 724 nafar chet el fuqarosiga O‘zbekistonga kirish vizasi rasmiylashtirildi.

M.Pirmatova tayyorladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashqi siyosat sohasida yil sarhisobi