Xabaringiz bor, “Xalq so‘zi” gazetasining shu yil 18 mart sonida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning “Bugun qarsaklar zamoni emas!” sarlavhali maqolasi chop etilgan edi.

Ta’kidlash joizki, maqola yurtdoshlarimiz orasida juda katta aks sado berdi. Buni turli soha mutasaddilari, ekspertlar, ziyolilar, tadbirkorlar, agrar tarmoq vakillari, oddiy odamlar, qo‘yingki, mamlakatimizdagi tarixiy yangilanishlar jarayoniga befarq bo‘lmagan keng aholi qatlami tomonidan bevosita tahririyatga yo‘llanayotgan, elektron pochta manzilimiz orqali kelib tushayotgan munosabatlar, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda qoldirilayotgan izohlardan ham bilish mumkin. Va bu jarayon hamon davom etmoqda.

Xo‘sh, maqola nima uchun bunchalik katta qiziqish uyg‘otdi? Sababi unda davlat tashqi qarziga oid dolzarb mavzu chuqur va qiyosiy tahlillar, hayotiy misollar bilan aniq, sodda va tushunarli tarzda ochib berilganki, iqtisodiyotdan u qadar xabari yo‘q kishi ham maqolani o‘qib, ko‘tarilgan masala mohiyatini anglab yetadi, desak, aslo mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

Albatta, bugungi davr insoniyat uchun oson kechayotgani yo‘q. Koronavirus pandemiyasining og‘ir asoratlari, jahon iqtisodiyotidagi murakkab vaziyat, har kuni yuzaga kelayotgan yangidan-yangi sinovlar tezkor choralar ko‘rish zaruratini kun tartibiga ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda. Mana shunday dolg‘ali zamonda ham mamlakatimiz rahbariyati inson manfaatlari yo‘lidagi sa’y-harakatlarni izchil davom ettirib, ichki bozordagi mo‘’tadillikni ta’minlash, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqimizni ijtimoiy himoyalashga qaratilgan siyosatiga qat’iy amal qilayotgani tahsinga sazovor. Bunga, shubhasiz, puxta asossiz erishib bo‘lmaydi va ana shu asos yangi O‘zbekistonni barpo etishga kirishilgan ilk kunlardanoq qo‘yila boshlangandi. Maqola ayni jihatdan e’tiborga molik bo‘lib, unda tashqi qarz olishning mohiyati va omillari tushuntirib berilgan. 

Keling, endi yuqorida aytib o‘tganimiz — munosabatlardan ayrimlarini e’tiboringizga havola qilsak.

O‘zbekistonning to‘lov qobiliyatiga ishonch tasdig‘i

Hozir o‘zga yurtda bo‘lsam-da, jonajon Vatanimiz taqdiri bilan bog‘liq deyarli barcha jarayonlarni kuzataman, befarq qaray olmayman. Chunki shu yerda tug‘ildim, tarbiya oldim, o‘qib-o‘rganib shakllandim, so‘ng uchirma bo‘ldim. Boshqacha aytganda, tomirlarim O‘zbekistondan “suv ichadi”.

Maqolada ko‘tarilgan masala dolzarb — tashqi qarz nima uchun olinadi? Savol oddiy. Javobi ham jo‘n: mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun, xalq farovonligiga erishish uchun.

Uzoqqa bormaylik, keyingi uch-to‘rt yilda olimlar, o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari va boshqa soha vakillarining maoshi necha bor oshirildi? Ishlab chiqarish, ilmiy salohiyat, qishloq xo‘jaligiga e’tibor qay darajada kuchaydi? Qurilish industriyasidagi o‘sish tezligini tasavvuringizga keltirib ko‘ring. Bularning barchasi nimaning hisobidan? Albatta, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash “oqsab” qolmayotganidan. Shu bois ham ­tashqi qarzga murojaatni to‘g‘ri tushunish lozim.

Shu kabi ziyolilarning munosabatlarida ko‘p misollar keltirilmoqda, balki yod bo‘lib ham ketgandir, AQSH, Yaponiya, Rossiya, Fransiya, Xitoy, Turkiya singari rivojlangan davlatlarning tashqi qarzlari qanchaligi. bugungi kunda Avstraliyaning Monash universiteti Malayziya kampusida faoliyat yuritayotganim bois bu davlat tarixini o‘rganganman. Malayziya ham bir zamonlar, aniqrog‘i, o‘tgan asrning 70 — 80-yillarida faqat xom ashyo yetkazib beruvchi kambag‘al mamlakat bo‘lgan. Vaqti kelib dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rni, ovozi, mavqei bo‘ladi, degan gap-so‘zlarga malayziyaliklarning o‘zlari ham ishonishmagan. bugungi kunda esa u elektronika, bank xizmatlari, boshqaruv masalalarida AQSH, Yaponiya, Gonkong bilan teng bellashmoqda, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari orasida esa yetakchilik qilmoqda. Bunga qanday erishdi? Albatta, xorijiy investorlar ishonchiga kirish, ular sarmoyasini mamlakatga keng jalb etish, buning uchun o‘lkada zarur sharoit yaratib berish hisobiga.

Taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘ygan O‘zbekistonda ham shu kabi jarayonlar kechishi tabiiy. Quvonarlisi, jahon ekspert tashkilotlari mutaxassislari O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy vaziyat haqida yaxshi fikrlar bildirmoqda. Masalan, Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan 2021 yil 26 aprelda e’lon qilingan qarzlar barqarorligi bo‘yicha hisobotda mamlakatning qarzga xizmat ko‘rsatish salohiyati yuqori va tashqi qarz mo‘’tadil ekani aytilgan. Bundan tashqari, respublikaning umumiy to‘lov qobiliyati 3,16 birlikkacha oshgan. Bu xalqaro kreditorlar mamlakatda ­davom etayotgan iqtisodiy o‘zgarishlar natijalariga tayanib, O‘zbekistonning to‘lov qobiliyatiga ishonchini ­tasdiqlaydi.

Akrom HASANOV,

Avstraliyaning Monash universiteti katta ilmiy xodimi, PhD, biznes fakulteti ilmiy-tadqiqot dasturi direktori o‘rinbosari.

Masalaga ilm ko‘zi bilan qarang!

Har bir voqelikka, hodisaga ilmiy nuqtai nazardan yondashishga odatlanganman. Shu bois bo‘lsa kerak, keyingi paytlarda O‘zbekistonning tashqi qarzi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda urchiyotgan gaplar menga erish tuyulmoqda. Bu muhokamalarning tag-zamini puch, asos yo‘q, umuman, ilmiy nuqtai nazardan yondashilmagan.

To‘g‘ri, ularni yozayotgan mualliflar tashqi qarz, uning mohiyati, ahamiyati va beradigan foydasini chuqur tushunib yetmas. Tashqi qarzlarni qoplash strategiyasi haqida ham biror-bir tushunchaga ega emasdir? Bu jihatlarni ham e’tibordan qochirmay, darhol unga poyintar-soyintar munosabat bildirish ham insofdan emas. Biroq yurt farzandi sifatida, garchi o‘zim xorijda ishlayotgan bo‘lsam-da, munosabat bildirishga, o‘z qarashlarimni bayon etishga jazm qildim.

Shundoq ham O‘zbekistonning yozma ­nashrlarida, internetda bu mavzuda ilmiy-hayotiy misollar bilan chambarchas bog‘langan maqolalar berilyapti. Bular bilan ularning saytlari orqali tanishib turibman. Ayniqsa, menga “Xalq so‘zi”da yaqinda e’lon qilingan Qudratilla Rafiqovning katta va shunga monand ravishda salmoqdor maqolasi ma’qul bo‘ldi. Hayotiy, bugungi kun bilan bog‘langan. 

Barchamizga ma’lumki, O‘zbekistonda ochiqlik siyosati yuritilmoqda. Bu shuni anglatadiki, tashqi qarzlar to‘liq qoplangani haqidagi mulohazalarni ham hali ko‘p o‘qish vaqti keladi. Rivojlanishning cho‘qqisiga chiqish ham uzoq kuttirmaydi, deb o‘ylayman. 

Negaki, bugungi sa’y-harakatlar, amalga oshirilayotgan islohotlar, dunyoviy iнтегра­цiялаshuв va o‘zaro ishonch muhitining ustuvorlik kasb etishi qo‘llab-quvvatlashlar zalvarini yanada orttiradi. Bu esa taraqqiyot sari zinama-zina ko‘tarilishga asos bo‘ladi. Uchinchi Renessans poydevoriga bugundan asos solinishi kerakligi haqida Prezident bejiz bong urmayapti. Bu ushalmas orzu emas. bugungi mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilayotgan investitsiyalar ham unga tamal toshi bo‘lib xizmat qilishi kunday ravshan.

Shohruh MAJIDOV,

XXRning Changshu texnologiya instituti dotsenti, PhD.

Imkoniyatlar kaliti

Hayot pastu balandliklardan iborat. Gohida unday, ba’zan bunday. Aytaylik, oilangizda kutilmaganda bir muammo chiqib qoldi. Gap uning qanchalik katta yoki kichikligida emas, naqadar tez hal etilib, ijobiy yakun topishida. Albatta, buning uchun oilaboshi mas’ul va muammoni bartaraf qilish choralarini ko‘radi. Ana endi bunday vaziyatni jamiyat, butun bir  mamlakat miqyosida tasavvur etib ko‘ring — mas’uliyat qanchalik ulkan va zalvarli.

Pandemiya dunyo mamlakatlariga, shu jumladan, O‘zbekiston uchun ham ortiqcha yuk, qo‘shimcha sinov bo‘ldi. Bu mamlakatlar oldiga yuzaga kelgan vaziyatni tezroq юм­шатish, buning uchun zarur choralarni ko‘rish vazifasini qo‘ydi. Bir tarafda odamlar sog‘lig‘ini saqlash, ikkinchi tomonda iqtisodiyotni tanazzuldan asrash lozim edi. Bunday sharoitda aholini ham tibbiy, ham ijtimoiy himoya qilish, ham iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash ­hazilakam gap emas.

Endi, o‘ylab ko‘ring, O‘zbekiston xorij davlatlari bilan do‘stona munosabatda bo‘lmaganida, xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan yaxshi hamkorlik qilmaganida mazkur muammoga qanday yechim topgan bo‘lardi?! Bu faqat O‘zbekistonga emas, balki barcha davlatlarga daxldor jihat. Chunki o‘zaro aloqalarsiz, bir-birini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlovsiz taraqqiyotga erishish qiyin. Nazarimda, maqolada ko‘tarilgan qarz masalasi ayni shu jihatdan ham juda dolzarb va o‘rinli. 

Uzoq yillar siyosiy partiya rahbari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Spiker o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan tajribalarimdan kelib chiqib aytsam, o‘sha kezlarda davlatning tashqi qarzi ko‘pam ochiq-oydin gapirilib, ma’lumotlar taqdim etilavermasdi. Qandaydir o‘z qobig‘imizga o‘ralib qolgandik. Lekin aslida bunday yurib bo‘lmasdi. Eng rivojlangan davlatlar ham bir-biridan qarz olib, yirik loyihalarni amalga oshirgan. Aholi hayot sifatini yaxshilashga intilgan. Biz nima uchun shu yo‘lni tanlab, odamlarga qulay sharoit yaratmasligimiz kerak? Axir salohiyatimiz bo‘lsa, qurbimiz yetsa! Eng muhimi, xalqaro hamjamiyat bugungi islohotlarga ishonch bildirib, hamkorlik qilishga tayyor turgan bo‘lsa. Shu bois mamlakatimiz xalq manfaati uchun dadil qadam tashladi.   

Bir omilni yaxshi aniqlashtirib olishimiz kerak. Eng avvalo, O‘zbekistonning hozirgi kundagi tashqi qarzi maqbul darajada. Buni xalqaro moliyaviy tashkilotlar va muassasalar, ekspertlar ham tan oladi. Ikkinchidan, tashqi qarz qachon xavotir uyg‘otishi mumkin? Qachonki u noto‘g‘ri sarflansa yoki ochiq bo‘lmagan jarayonlar orqali o‘zlashtirilsa. Lekin bizda hammasi maqsadli loyihalarga yo‘naltirilmoqda. Demak, ortiqcha xavotirga asos yo‘q. 

Umuman, bugungi dunyo iqtisodiyoti fani va statistikasiga tayanib shunday xulosa qilish mumkinki, qarz ko‘pligi bir davlatning ahvoli og‘irligini anglatmaydi. Aksincha, iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatli mamlakatlar kerak paytda qarz olish (nisbatan past stavkada) imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

Matbuot shu mavzuda dolzarb maqolalar berib borsa, tahlillar orqali odamlarning masala mohiyatini tushunishiga ko‘maklashsa, o‘ylaymanki, juda ma’qul ish bo‘ladi. Turli savollarga, тu­shuн­мовчiлiкlarga o‘rin qolmaydi.

Ismoil SAIFNAZAROV, 

falsafa fanlari doktori, TDIU professori.

Davrga hamohang qadam

Ilm odami sifatida senator va siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning “Bugun qarsaklar zamoni emas!” sarlavhali maqolasida ko‘tarilgan mavzu yuzasidan o‘z qarashlarimni bildirishni lozim topdim.

Darhaqiqat, maqolada tashqi qarz nima uchun kerakligi, u qanday olinishi, to‘g‘rirog‘i, qarz kimlarga berilishi mumkinligi, shu mezonga mos bo‘lish uchun davlat siyosati qanday olib borilayotgani va umuman, mamlakatdagi o‘zgarishlar keng ochib berilgan.

Aytish kerakki, O‘zbekistonda ochiqlik siyosati olib borilmoqda. Shu bois ham tashqi qarzdan hamma xabardor. Va ko‘pchilik ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z fikrini bildirmoqda. Ularning ayrimlarini o‘qib, xayolga borasan: avvalgidek hamma yoqni berkitib, qarsakbozliklarga mast bo‘lib, bir joyda depsinib turganing yaxshimi yoki imkoniyatga yarasha qarz olib, pulni aylantirib, iqtisodiyotni ham, jamiyatni ham birdek harakatga keltirib, mamlakatning, millatning tomiriga yangi qon yo‘naltirib, unga kuch-quvvat va g‘urur baxsh etgan yaxshimi? Albatta, qarz olib, ishlamayotgan “richag”larni, imkoniyatlarni ishga tushirish kerak deydiganlar ko‘pchilikni tashkil qilishiga ishonaman.

Avvallari tashqi qarz “boshog‘riq” bo‘lishi mumkinligini inkor etish insofdan emas. Chunki u ­paytda ochiqlik yo‘q edi, buning ­ustiga hamma ham qarz beravermasdi. Endi esa zamon o‘zgardi, siyosat o‘zgardi.

Harakatlar strategiyasidan Taraqqiyot strategiyasi sari qadam bosgan O‘zbekiston sharoitida yagona va to‘g‘ri yo‘llardan biri, shubhasiz, ­xalqaro moliya muassasalari bilan hamkorlikni мuс­taҳkamлаш, ular ko‘magiga suyanish, ya’ni yirik loyihalarni amalga oshirish uchun tashqi qarzdan foydalanish zarur. Bunday amaliyotni hech bir rivojlangan ­davlat chetlab o‘tmagan. 

Yusupjon YULDOSHBOEV,

Rossiya davlat agrar universiteti professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi.

Muhimi — maqsadli va to‘g‘ri ishlatish

Chindan ham, tashqi qarz, davlat qarzi haqida keyingi paytlarda ko‘p va xo‘p yozilmoqda. Xususan, o‘zim ham bir necha bor ommaviy axborot vositalarida chiqish qildim. Bu orqali OAVda, ijtimoiy tarmoqlarda, jamoatchilik orasida bildirilayotgan fikrlarga javob berishga intildim. Lekin “Bugun qarsaklar zamoni emas!” maqolasi bu borada eng tushunarli chiqish bo‘ldi, desam, adashmayman.

Nega deganda, unda tashqi qarz nima, qanday beriladi va olinadi, nimalarga sarflanadi, qaytarish imkoniyatlari qanday bo‘ladi — barcha savollarga aniq va hayotiy misollar orqali javob berilgan. O‘quvchida ortiqcha ishtiboh paydo bo‘lishiga o‘rin qolmagan. Vaholanki, qarzsiz rivojlangan mamlakatning o‘zi yo‘q. Rivojlanish cho‘qqisidagi mamlakatlar ham tashqi qarz evaziga iqtisodiyot lokomotivi harakatini tez­лаштiрish yo‘lidan boradi. Qarz bo‘la turib, bir-biridan qarz olayotgan davlatlar ham bor. 

Masalan, AQSHning eng yirik tashqi qarzi Yaponiyadan, Yaponiyaning katta qarzi esa AQSHdan. Bu shuni anglatadiki, dunyoning rivojlangan davlatlari o‘rtasida ishonch kuchli, shu bois ular bir-biriga qarz berib, bir-birining iqtisodiyotiga sarmoya kiritib, ishlashaveradi. Eng muhimi, olingan qarzni maqsadli va to‘g‘ri ishlata bilishda! Bu borada O‘zbekiston yuritayotgan siyosat, mamlakat ichkarisida olib borilayotgan sa’y-harakatlar ishonch bag‘ishlaydi.

Tashqi qarzning o‘sish dinamikasi keyingi yillarda tezkorlik kasb etgan bo‘lishiga qaramay, xalqaro me’yorlarga ko‘ra, mo‘’tadil darajada qolmoqda. Bu — xalqaro ekspertlarning fikrlari. Ular esa bu gapni ilmiy nuqtai nazardan o‘rganib, ­keyin aytgan. 

Demak, mamlakat to‘g‘ri yo‘ldan shaxdam odimlamoqda. Uning mevasidan bahramand bo‘lish keyingi avlodlarga emas, balki sizu ­bizga ham nasib etishiga ishonch ­uyg‘ongan.

Muhiddin KALONOV,

«O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Ko‘pchilikni qiziqtiradigan mavzu

Davlat tashqi qarzi masalasi keyingi paytlarda eng ko‘p gapiriladigan, muhokama etiladigan mavzulardan biriga aylandi. Fikrimcha, buning asosiy sababi — shu paytgacha mazkur mavzu yopiq bo‘lganida. Ya’ni avvallari qaysi davlat yoki moliyaviy tashkilotdan qancha qarz olinyapti, ular qayoqqa yo‘naltirilyapti, qanday qaytariladi kabi savollarga javob topish tugul, bu xususda aksariyatimiz tushunchaga ham ega emasdik. Chunki tan olaylik, O‘zbekiston ko‘p jihatdan yopiq davlat edi.

Natijada mamlakatimizga sarmoyadorlar kelishi sust, iқтiсо­дiётiмiз rivojini ham quvonarli, deb bo‘lmasdi. Misol uchun, Jahon banki va Xalqaro valyuta жам­ғармасi kabi tashkilotlar tomonidan biror mamlakatga mablag‘ аж­ратishdaн oldin o‘sha davlatning qarzga xizmat ko‘rsatish salohiyatini “past”, “o‘rtacha” va “kuchli” sifatida tasniflaydi. Ya’ni qaytarilish imkoniyatini shunday baholaydi. Bundan ikki yil avval ular O‘zbekistonni “kuchli guruh”ga kiritdi. Bu tasnifdagilarga davlat tashqi qarzi YAIMga nisbatan 55 foizdan, jami davlat qarzi esa YAIMga nisbatan 70 foizdan oshmasligi tavsiya etiladi. Aytish joizki, O‘zbekistonning tashqi qarzi miqdori har yili o‘sib bormoqda. 2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, davlat tashqi qarzi YAIMga nisbatan 35,2 foizni tashkil etadi, bu xavotirli emas.  Qolaversa, mamlakatimiz qarzni ko‘proq moliyaviy institutlardan olib кел­моқda. 

Oxirgi yillarda O‘zbekiston ochiqlikka yuz tutdi. Iqtisodiy raqamlar, raqamlar ortidagi imkoniyat va sharoitlar haqida turli xabarlar paydo bo‘la boshladi. Bu jarayon, tabiiyki, davlat qarzi, tashqi qarz kabi ilgari eshitmagan so‘zlar odamlarda savollar paydo qildi. Uni hamma o‘zicha izohlay boshladi. ­Sharhlashga kirishdi. Natijada odamlar uning ahamiyatini tushunib, masala mohiyatini chuqur anglay boshladi. Shular orasida “Xalq so‘zi”da “Bugun  qarsaklar zamoni emas!” сарлав­hali maqolada aytilgan fikrlar ayni shu masalani hozir mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarni chuqur tahlil va asosli fakt hamda dalillar asosida ochib bergani bilan ahamiyatlidir. 

Zero, bugungi kunda mamlakatimizda ­Prezidentimiz rahbarligida xalqimiz turmush farovonligi, iqtisodiyotimiz barqarorligini ta’minlash maqsadida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonning dunyo va xalqaro tashkilotlar oldidagi ­mavqei yuksalib, o‘zaro ishonch munosabatlari мuс­taҳkamланiб borayotgani ana shu yangilanish hamda o‘zgarishlar fonida yaqqol ko‘zga tashlanadi. 

Nodir JUMAEV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, 

iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Sarflangani ikki barobar bo‘lib qaytadi

Metallurgiya sanoatiga kiritilgan har bir investitsiya salkam ikki barobar iqtisodiy qaytim beradi, deyishadi. Menimcha, buni faqatgina metallurgiya sanoatida emas, barcha soha va tarmoqlarga ham qo‘llasa bo‘ladi. Buning uchun o‘sha sarmoya aniq va maqsadli yo‘naltirilsa kifoya.

Shu ma’noda, “Bugun qarsaklar zamoni emas!” maqolasida qarz iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini rivojlantirish, sanoat sektorini modernizatsiya qilish, ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish orqali aholi turmush darajasini yaxshilash uchun zarurligi, u iqtisodiyot tarmoqlarini isloh qilishga qo‘shimcha sarmoyalar oqimini kiritish orqali mamlakatga ijobiy ta’sir кўр­сатishi ta’kidlangani sanoat sohasining bir vakili ­sifatida menda ham ayrim fikrlarni uyg‘otdi. Buni o‘z faoliyatimiz, aniqrog‘i, korxonamiz misolida tushuntirishga harakat qilaman.

Prezidentimizning 2017 yil 1 martdagi qaroriga muvofiq, kombinatimiz tomonidan “Yoshlik-1” konini o‘z­лаштiрish bo‘yicha 5 milliard 122 million dollarlik megaloyiha amalga oshirilmoqda. 11 ming gektar hududni egallagan konda yiliga 65 million tonna ma’dan qazib olinadi. Konimizda oltin, mis, kumush, molibden, selen kabi 13 turdagi qimmatli va nodir metallar bor. Ularni qayta ishlash uchun esa kombinatimizning 3-mis boyitish fabrikasi ham qurilmoqda. Uning qurilishini moliya­лаштiрish uchun 712 million yevro miqdoridagi kredit mablag‘lari ajratilgan. 

Elektromobillar, elektrotexnika va qayta tiklanuvchi energiya sohalarining jadal taraqqiyoti hisobiga 2030 yilga borib dunyoda misga bo‘lgan talab 40 foiz oshishi kutilyapti. Demak, mis kelajakning nodir metaliga aylanadi. Aslida, misning tabiiy koni juda ko‘p ham uchrayvermaydi. Bunday in’om kamdan-kam davlatlargagina nasib etadi. Quvonarlisi, O‘zbekiston shular qatorida! Geologiya ishlari natijasida Olmaliqda 45 million tonna mis zaxirasi topilgan. bugungi kunda jahon bozorida 1 tonna misning narxi 6,5 ming AQSH dollari miqdorida baholanmoqda. 

2028 yildan keyin “Qalmoqir” va “Yoshlik-1” konlari birlashtirilishi bilan O‘zbekiston dunyodagi eng katta ochiq konga ega mamlakatga aylanadi. Natijada mis qazib olish birinchi bosqichda 100 million tonna, ikkinchi bosqichda esa 160 million tonnaga yetadi.

bugungi kunda bizda ishlab chiqarilayotgan mis mahsulotlari 15 davlatga eksport qilinmoqda. Mamlakatimizda so‘nggi 5 yilda mis ishlab chiqarish hajmi qariyb 1,5 barobar ko‘paydi. Biroq bu bilan cheklanmay, undan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ham kengaytirishimiz kerak. Shu bois ayni chog‘da mis sanoati klasterini ­tashkil etish ishlari boshlab yuborilgan. 

Ko‘ryapsizmi, bir loyiha ortidan boshqalari ham rivojlanyapti, qo‘shimcha imkoniyatlar vujudga kelyapti. Iqtisodiyotimiz yangi ishlab chiqarish sub’ektlari, yangi ­mahsulotlar bilan boyiyapti. Qo‘shimcha ish o‘rinlari ­yaratilyapti. Mana, investitsiya, qarz nima uchun kerak! 

Abdulla XURSANOV, 

«Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, senator.

Bardavom islohotlar natijasi

Hayoti davomida qarz olib, qarz bermagan kishi bo‘lmasa kerak. Mamlakatlar esa o‘z-o‘zidan, o‘zaro qarzlar orqali iqtisodiyotini bir-biriga bog‘lashadi. Shular ortidan oldinga intilib, xalqi farovonligini ta’minlaydilar. Muallif bu borada aniq raqamlarni keltirib, dunyoning eng rivojlangan davlatlari ham o‘zaro qarzlar vositasida bog‘langanligini  ijobiy hodisa sifatida ta’kidlaydi. Lekin bizning qarz olishimiz ayrimlarning g‘ashini keltirayotganini qanday tushunmoq kerak?

Muallif ushbu savolga  batafsil javob berarkan,  XXI asr axborot техноло­гiяlari rivojlangan davr sifatida barcha masalalar insoniyatning farovon va xavfsiz hayot kechirishi hamda mehnat qilishiga qaratilishi kerakligini ta’kidlaydi. Bu borada rivojlangan mamlakatlarda ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Butun insoniyat tinch-totuv va hamkorlikda yashashga intilmoqda. Afsuski, dunyoda tahlikali vaziyatlar ham saqlanib qolmoqda. Ana shunday bir murakkab holatda biz ham o‘z o‘rnimizni topishimiz va uni mustahkamlashimiz juda muhimdir.

Men kon-metallurgiya sohasining turli bo‘g‘inlarida ishlagan rahbar sifatida shuni alohida aytib o‘tishim kerakki, keyingi yillardagi o‘zgarishlar tushimizga ham kirgan emas. Oldinlari xorijiy hamkorlarning ishonchini qozonish, bu sohaga chetdan mablag‘ jalb etish juda qiyin masala edi. Zamonaviy va raqobatbardosh texnikalarni sotib olish uchun, albatta, katta mablag‘lar zarur edi. Ajratilayotgan mablag‘lar esa yetarli emasdi. Sodda qilib aytganda, “o‘z yog‘imizga o‘zimiz qovurilib yurardik”. 

Nihoyat, so‘nggi yillarda Shavkat Mirziyoyev­нiнг tashabbusi bilan kon-metallurgiya sohasi yangi rivojlanish va yuksalish davriga qadam qo‘ydi. Kombinatni rivojlantirishning 2017 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish ­bo‘yicha qiymati 3,4 milliard dollar bo‘lgan 27 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. “Navoiy kon-metallurgiya ­kombinati” aksiyadorlik jamiyatining ­tashkil topishi chetdan mablag‘larni jalb etishda ­katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda. 

Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi Xalqaro investitsiya forumi doirasida kombinatning investitsiya dasturini moliyalashtirish uchun 1 milliard dollarlik hamkorlik bitimi imzolandi. Shunisi alohida muhimki, bu kredit mablag‘lari davlat kafolatisiz olindi. Bu nimani anglatadi? Demak, xorijlik hamkorlarimiz bugungi kunda O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning bardavomligiga ishonmoqda. Ishonch esa o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Uning zamirida Prezidentimiz olib borayotgan ochiqlik va pragmatik siyosat turibdi. Shunday ekan, bugungi kunda har bir ­fuqaro, korxona yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, natija uchun ishlashi ­kerak.

Quvondiq SANAQULOV,

«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ boshqaruvi raisi — bosh direktori, senator.

Munosib hayotga mustahkam zamin

Mamlakat taraqqiyoti darajasi amalga oshirilayotgan qurilishlar bilan ham o‘lchanadi. Shu ma’noda, bugun mamlakatimizda qurilish-bunyodkorlik ishlari ko‘lami tobora kengayib borayotgani diqqatga sazovor. Binobarin, senator, siyosatshunos Qudratilla Rafiqov maqolasida keltirib o‘tilgan Prezident ta’biriga ko‘ra, “agar bu (qarz) bo‘lmaganida oylik ham, metro ham bo‘lmas edi...”

Men Toshkentda tug‘ilib, voyaga yetganman. Kasbim quruvchilik. Shu bois azim shahrimizdagi bino va inshootlar tarixini yaxshi bilaman. Qurilish jarayonlarini tahlil qila olaman. Qayd etilganidek, Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning aksariyati 1966 yildan keyin qurilgan va ular, asosan, ikki qavatli edi.  Keyinchalik ham qurilish ishlari amalga oshirildi. Uylar to‘rt, besh, to‘qqiz, o‘n ikki, o‘n olti qavatli qilib ko‘tarildi. Bunda pishiq g‘ishtdan foydalanilgani qo‘l keldi. 2018 yildan esa temir-beton panellardan foydalanila boshlandi. Bu, avvalo,  qavatlar soni ortishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, ishlar ko‘lami kengayishi bilan chambarchas jarayondir. 

2020 yilda poytaxtda qurilayotgan binolarning qavatlari soni keskin oshdi. Vaholanki, bungacha Toshkentda 12 qavatdan ortiq atigi 30 ga yaqin turarjoy binolari bor edi, xolos.

Bundan 4-5 yil avval bizda ham zamonaviy “siti”lar quriladi, osmono‘par binolar bo‘ladi, desa birov ishonmasdi. Ochig‘i, ko‘zimiz pastak-pastak inshootlarga o‘rganib qolganigami, buni aksariyat odam tasavvur ham qilolmasdi. Lekin mana, qilsa bo‘larkan-ku! Bugun nafaqat poytaxtimizda, balki viloyatlarda ham zamonaviy shaharchalar bunyod etildi va etilyapti. Masalan, Samarqand viloyatida shu vaqtga qadar balandligi 12 qavatdan yuqori binolar qurilmagan. O‘tgan 2-3 yil mobaynida Qorasuv mavzesida 16, 15, 14 va 12 qavatli jami 116 ta turarjoy barpo etildi. 2021 yildan e’tiboran yana 7 ta 16 qavatli, 2 ta 25 qavatli uy qurilmoqda.

Yoki Andijonni oling. Viloyatda umumiy maydoni 4 ming gektar bo‘lgan Yangi Andijon shahri barpo etilyapti. Shaharning 2 ming gektar qismida uy-joylar, ijtimoiy ob’ektlar, sanoat zonalari, xizmat va servis ob’ektlari quriladi. Yana qariyb shuncha maydonda yashil hudud barpo etilmoqda.

Umuman olganda, ayni paytda sohada 1,5 millionga yaqin quruvchilar faoliyat yuritmoqda. Tizimdagi korxona va tashkilotlar soni esa 43,3 mingtaga yetgan. Qurilish korxonalari umumiy sonining 56,9 foizi bino va inshootlar, 9,9 foizi fuqarolik объект­lari, 33,2 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarini bajaradi. 2010 yilda qurilish ishlari hajmi 8,2 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkich qariyb 100 trillion so‘mdan iborat bo‘ldi. Haligacha uy-joy qurilishi sohaning lokomotivi bo‘lib qolayotganini inobatga ­olsak, odamlarni kichik vatanli qilish, ya’ni ularni qadrlash, munosib hayot kechirishlarini ta’minlash O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mazmun-mohiyatiga aylangan, deyishga asoslarimiz yetarli. Zero, e’tibor va zarur mablag‘ bo‘lmasa, zamonaviy uy-joy va mavzelar qayerdan barpo etilardi?!

Botir ZOKIROV, 

O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri.

Biz «yashil iqtisodiyot» yo‘lidan boryapmiz 

Avvalo, shuni aytish kerakki, maqolaning “Bugun qarsaklar zamoni emas!”, deya nomlanganining o‘ziyoq katta ma’noga ega. Chindan ham, hozir qilgan ishlarimizga mahliyo bo‘lib, o‘zimizni o‘zimiz maqtab o‘tiradigan davr emas. Aksincha, mamlakatimiz, xalqimiz uchun xizmat qiladigan loyihalarni nafaqat ishlab chiqish, balki amaliyotga samarali tatbiq etish juda muhim.

Muallif keyingi yillarda yurtimiz energetika sohasidagi islohotlarni e’tirof qilarkan, ko‘plab shamol va quyosh elektr stansiyalari barpo etilayotgani, bu tashabbuslar istiqbolli ekani, chet el moliya institutlari e’tirofiga sazovor bo‘layotganini alohida ta’kidlab, jumladan, shunday qiyos qiladi: “holbuki, dunyoda o‘nlab yillar mamlakatida bitta yirik zavod yoki korxona, oddiy to‘g‘on qurishga pul topa olmay sarson bo‘lib yurgan davlatlar ham  yo‘q emas”. 

Endi bizdagi raqamlarga e’tibor bering: O‘zbekiston energetika tarmog‘ini modernizatsiya qilish natijasida 2026 yilgacha davlat-xususiy sheriklik asosida umumiy qiymati 12 milliard dollarlik 29 ta loyiha amalga oshiriladi. Ular qo‘shimcha 71 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi, yiliga 12 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi. Tasavvur qilyapsizmi? Ham ishlab chiqaramiz, ham tabiiy zaxiramizni tejaymiz.

Yoki bo‘lmasa, yaqinda Turkiya Respublikasi ­Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida davlatimiz rahbari Shavkat ­Mirziyoyev bilan birgalikda Qibray tumanidagi issiqlik elektr stansiyasini ishga tushirib, ­Xovos tumanidagi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini boshlab bergani ham tizimdagi ulkan voqealardan biri bo‘ldi. Nega deganda, Qibraydagi IES quvvati 240 megavatt bo‘lib, yiliga 2 milliard kilovatt-soat energiya ishlab chiqaradi. ­Xovos tumanidagi yangi issiqlik elektr stansiyasi esa 220 megavatt quvvatga ega, unda yiliga 1 milliard 700 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Mana, nima uchun bizga investitsiyalar kerak! Mana, nima uchun tashqi sarmoya muhim?! Ular masalan, elektr energiyasi ta’minotida yangi imkoniyatlar ochilishiga, demakki, xalqimiz farovonligi oshishiga xizmat qiladi. Vaholanki, bir paytlar odamlarimiz сuт­касiga 20 — 22 soatlab elektr enegiyasiz o‘tirardi. Bu, albatta, ularning kayfiyatiga juda yomon ta’sir qilardi.

So‘nggi to‘rt yil mobaynida sohaga investitsiya yo‘naltirish jarayoni tezlashdi. Xususan, shu vaqt ichida elektr infratuzilmasiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi mustaqillik davridagi jami investitsiyalarning 75 foiziga teng bo‘lgani yoki 26 baravar ko‘paygani e’tirofga loyiq. 

Bundan tashqari, 2019 — 2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil iqtisodiyot”­ga o‘tish strategiyasi qabul qilingan. Bu nima ­degani? Bu biz bundan buyog‘iga shamol va quyosh issiqligidan ham samarali foydalanamiz, ­degani. Chunki mintaqadagi joylashuvimiz yirik gidroinshootlar qurish imkoniyatini cheklaydi. Shu bois muqobil manbalardan foydalanishimiz ­zarur.   

O‘zbekiston bu borada yetarlicha kuch va salohiyatga ega. bugungi qilinayotgan sa’y-harakatlar, sohadagi aniq maqsadli loyihalar bunga sharoit va imkoniyat yaratadi.

Alisher SULTONOV,

O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri.

bugungi siyosatda dadillik va jasoratni ko‘raman

Dunyoning qaltislashib borayotgan maydonida o‘zni yo‘qotmaslik, xalq farovonligi sari tinimsiz harakat uchun ham jasorat kerak. O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosatda men jasoratni ko‘raman. Aytish joizki, islohotlarning ayrim jihatlari, ya’ni qarz bilan bog‘liq masalalarning mazmun-mohiyati “Xalq so‘zi” gazetasining shu yil 18 mart sonida chop etilgan “Bugun qarsaklar zamoni emas!” maqolasida juda keng va tushunarli tarzda tahlil etib berilgan. Xususan, bizning zavod haqida ham mulohazalar keltirilgan.

Darhaqiqat, zavod qurish, qurgandayam texnologiyalarning eng so‘nggi rusumidagisini, hali ayrim rivojlangan davlatlar qurbi yetishi u yoqda tursin, aqlini shoshirib qo‘yadiganini qurish oson emas. Bunaqasi dunyo bo‘yicha 6 ta, xolos.

Ochig‘i, bunday gigant korxonani O‘zbekiston o‘z mablag‘iga qurishi juda qiyinligini yaxshi bilamiz. Aynan shu bois zavodimiz qurilishi bir vaqtlar to‘xtab qolgandi. Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi, qat’iy pozitsiyasi bilan noyob zavod barpo etilib, ishga tushirildi. “Tashqi qarz shartmi?” kabi gaplarga mana shuning o‘zi bir misol bo‘la oladi. 

Bir narsani yaxshi anglab olish kerakki, aslida qarz hammaga ham berilavermaydi. Buning uchun ishonchga kirish lozim. Mamlakatimiz tanlagan yo‘l, olib borilayotgan siyosat xalqaro hamkorlarda qat’iy ishonch uyg‘otib, takliflarga “labbay” deyishlariga asos bo‘ldi. Zavodimiz misolida aytadigan bo‘lsam, Niderlandiyaning “ING Bank”i, Xitoyning Taraqqiyot banki, Janubiy Koreyaning Eksimbanki, shu davlatning Savdo-sug‘urta korporatsiyasi, Rossiyaning “Gazprombank”i, “Roseksimbank”i singari moliya institutlari bizni qo‘llab-quvvatladi. Ya’ni loyihaning umumiy qiymati 3,42 mlrd. dollar bo‘lsa, shuning 1,12 mlrd. dollari ­“O‘zbekneftgaz” AJniki, qolgan 2,3 mlrd. dollari tashqi qarz.

Tashqi qarzdan qutulish masalasiga kelsak, qurilishga sarflangan mablag‘ tezda o‘zini oqlaydi. Sababi, avval gazning o‘zi xom ashyo sifatida sotilgan bo‘lsa, endilikda qo‘shimcha qiymat yaratilyapti. Ya’ni gazni qayta ishlash hisobiga yiliga 724 ming tonna sintetik dizel yonilg‘isi, 307 ming tonna sintetik kerosin, 437 ming tonna sintetik nafta va 53 ming tonna suyultirilgan gazdan tashqari chiziqli aksilbenzol, chiziqli aksilbenzol sulfanat, geksen-1, buten-1 sintetik moylari, parafin granulalari hamda boshqa mahsulotlar ham olinadi. Bular yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish imkonini beradi. Demak, ish o‘rinlari yanada ko‘payadi. Bundan tashqari, gazning o‘zini xom ashyo sifatida sotganga qaraganda 2,5 barobar ko‘p foyda olinadi.

Qisqasi, Yurtboshimiz tashabbusi bilan amalga oshirilgan mazkur loyiha rentabelligiga xalqaro hamkorlar ishonchi kuchli. Bu esa kelgusida qilinajak loyihalarni moliya­лаштiрish uchun ham imkoniyatlarni keng ochib beradi.

Faxritdin ABDURASULOV,

Qashqadaryo viloyatidagi 

«Uzbekistan GTL» MCHJ bosh direktori.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashqi qarz: Taraqqiyotga yo‘naltirilgan sarmoya