Kecha O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammadali Iskandariy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqboli muhokama qilindi.

Mintaqaviy muammolar, jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish yuzasidan ham fikr almashildi.

Shu kuni B.A’loyev Isroilning yurtimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Gideon Lustig bilan ham uchrashdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekiston – Isroil munosabatlarining joriy holati, aloqalarni yanada rivojlantirishga doir ustuvor yo‘nalishlar, shuningdek BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, mintaqaviy muammolar, xususan Yaqin Sharqdagi muammolarni diplomatiya vositalari yordamida bartaraf qilish zarurligi ta’kidlandi.

O‘.Alimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashqi ishlar vazirligida Eron va Isroil elchilari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi