Joriy yilning 29-30 may kunlari “Tashkent Law Spring” IV (Toshkent huquq bahori) Xalqaro yuridik forumi yuqori saviyada o‘tkazildi. Forumda qanday natijalarga erishildi?

Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Hayot Qilichev shu savolga javob berdi: 

– Xalqaro va milliy yuridik hamjamiyat, olimlar, IT va biznes vakillari uchun huquqning zamonaviy tendensiyalarini muhokama qilishda qulay maydonga aylangan ushbu forumga 1,2 ming nafar ishtirokchi, shu jumladan, ma’ruzachi sifatida 40 dan ortiq davlatdan 200 ga yaqin nufuzli xalqaro va xorijiy tashkilotlar hamda xorijiy davlatlar adliya vakillari qatnashdi.  

Forumga xorijiy davlatlar hukumatining yuqori darajadagi vakillari, adliya va huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari boshchiligidagi 16 delegatsiya tashrif buyurdi.

Forumda Jahon odil sudlov loyihasi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, BMT Taraqqiyot dasturi kabi xalqaro tashkilotlar, dunyoning yetakchi oliygohlari va “aql markazlari”ning taniqli olimlari va ekspertlari, “Alibaba” va “Kasperskiy” kompaniyalari vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Forumning barcha jarayonlari va sessiyalari YouTube orqali ham onlayn tarzda uzatib borildi.

Forum byudjet mablag‘isiz, o‘zini-o‘zi qoplash tamoyili asosida xalqaro hamkorlar homiyligi va ishtirokchilar tomonidan ro‘yxatdan o‘tish uchun amalga oshiriladigan to‘lovlar hisobiga o‘tkazildi.

Forumning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashkent Law Spring” to‘rtinchi xalqaro yuridik forumi ishtirokchilariga tabrigi o‘qib eshittirildi.

Forum davomida 11 munozara sessiyalari o‘tkazildi, arbitraj, mediatsiya, energetika shartnomalari bo‘yicha nufuzli xalqaro yuridik va konsalting kompaniyalari (KPMG, White&Case, Vinson & Elkins, Dentons, Pinna Goldberg LLP) ishtirokida to‘rtta mahorat darsi tashkil qilindi.

Raqamli adliya, Butunjahon intellektual mulk kunining 25 yilligi, BMTning 80 yilligi va sud ekspertizasi bo‘yicha to‘rtta  tematik ko‘rgazmalar o‘tkazildi. 

Adliya vazirligi rahbariyati va xalqaro delegatlar bilan 24 ta ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil qilindi. 

Toshkent davlat yuridik universiteti bazasida ilk bor Xalqaro yoshlar yuridik forumi o‘tkazildi. Yuqori martabali delegatlarning yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida davlat xizmatlari markazi, “Madad” NNT, sud ekspertiza markazi, Toshkent va Samarqand shaharlarning diqqatga sazovor joylariga tashriflari uyushtirildi.

Forum natijasida xorijiy davlat adliya organlari va xalqaro tashkilotlar bilan 14 xalqaro hamkorlik hujjati imzolandi. Malayziya Bosh vaziri departamenti, Singapurning SAGE mediatsiya markazi, Qatarning MENA malaka oshirish markazi, Hindistonning Milliy sud ekspertiza universiteti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. 

Jahon odil sudlov loyihasi tashkiloti bilan muzokaralar o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasining Huquq ustuvorligi indeksidagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha tashkilot ekspertlari tomonidan tahlil o‘tkazish (country review) va takliflar ishlab chiqish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. 

Qonunchilik hujjatlari ijrosini nazorat qilish va baholash mexanizmlarini takomillashtirishda BAAning ADAA platformasi imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

Qatar, Pokiston va Ozarbayjon davlati adliya vazirlari forumda ishtirok etdi. Jahon odil sudlov loyihasi vakili Mark Levis O‘zbekistonda huquq ustuvorligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni, ayniqsa, mas’ullar mahallalarga tushib, aholining muammolarini joyida hal etayotganini yuqori baholadi. 

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumida qanday natijalarga erishildi?