Farg‘ona viloyatida “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida hududlardagi ko‘plab muammolar o‘z yechimini topmoqda. Fuqarolar esa bu jarayonda o‘z faolligini ko‘rsatib, takliflari qo‘llab-quvvatlanayotganidan mamnun bo‘lmoqda.

Yozyovon tumanidagi “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini “Ochiq byudjet” axborot portalida “Mening yo‘lim” loyihasi doirasida umumiy uzunligi 2,5 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlash uchun ovoz to‘plash jarayonida g‘olib bo‘ldi. Bu maqsadlar uchun 1,19 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Ayni kunda yo‘lsozlar tomonidan mahalladagi yo‘llarni shag‘allashtirish, asfaltlash bilan bog‘liq amaliy ishlar olib borilmoqda.

– Mahallamizdagi ichki yo‘llar 30 yildan buyon yozda chang, qishda loy bo‘lib turfa qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lardi, – deydi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Mansurjon Inomov. – Prezidentimizning byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qarorlari ayni muddao bo‘ldi. Ko‘chalarimizni asfaltlash borasida bildirgan taklifimiz g‘olib bo‘lib, bu boradagi muammolarimiz barham topdi.  

Yo‘l qurish va uning obodligini ta’minlash savobli ish. Shu bois joylarda ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha mavjud muammolar aynan fuqarolarning talab va takliflari asosida hal etilayotgani yo‘llarni sifatli va ravon, manzillarning yaqin bo‘lishiga xizmat qilmoqda. Joriy yilning shu kuniga qadar Qobiljon Hamidov rahbarligidagi “Globalmahsulot” mas’uliyati cheklangan jamiyati yo‘lsozlari sa’y-harakati bilan Qo‘shtepa, Toshloq, Furqat tumanlarida “Ochiq byudjet” portalida g‘olib deb topilgan takliflar asosida 5 kilometrdan ortiq ichki yo‘llar belgilangan muddatlarda qurib bitkazildi.

M.Sulaymonov,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tashabbusli byudjet”da 30 yillik muammo yechim topdi