Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Tashabbusli byudjet” yoki «Open budjet» loyihasi mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini isloh qilish, mavjud moliyaviy imkoniyatlarni eng muhim masalalarga jalb etish, byudjet sarfi jarayonining shaffof va ochiqligini ta’minlash, qolaversa, mavjud ijtimoiy muammolarni hal etish, aholi turmush farovonligini yuksaltirish, fuqarolarning jamiyat hayotida faol ishtiroki va dahldorlik hissini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“Tashabbusli byudjet” jarayonlarini qonuniy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021 yil 13 aprelda “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda 2023 yil 11 aprelda “Tashabbusli byudjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilingan. 

Yuqoridagi qarorlar ijrosi doirasida birgina o‘tgan 2023 yilning o‘zida “Tashabbusli byudjet” dasturlari doirasida "Ochiq byudjet" axborot portalida o‘tkazilgan “Tashabbusli byudjet” onlayn tanloviga 5 ming 510 ta loyiha qo‘yildi. Ana shu loyihalar uchun ovoz berish jarayonida 2 million 933 ming nafardan ziyod  fuqaro ishtirok etdi. Ovoz berish natijalari orqali umumiy qiymati 328 milliard bo‘lgan 298 ta loyiha g‘olib deb topilib, moliyalashtirildi. 

“Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasidagi ishlar joriy yilda ham izchil davom ettirilmoqda. Joriy yil 1- mavsumda ovoz berish natijalariga ko‘ra, g‘olib deb topilgan loyihalarning salmoqli qismini ta’mirtalab, nosoz yo‘llarni ta’mirlash, asfaltlashga qaratilgan loyihalar tashkil etdi. 

–“Tashabbusli byudjet” loyihasining joriy yil 1- mavsumdagi tanlovda ovoz berish natijalariga ko‘ra, umumiy qiymati 82 milliard 210 million so‘mga teng 63 ta loyiha g‘olib chiqdi, – deydi Andijon viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi rahbari Mizohid Nurmatov. – Mazkur loyihalar doirasida tuman, shahar mahallalarining 221,2 kilometr qismi asfaltlanadi. 

Loyiha doirasida 1- mavsumda Oltinko‘l, Baliqchi tumanlarida 8 tadan, Shahrixon tumanida 7 ta, Jalaquduq tumanida 6 ta, Xo‘jaobod tumanida 5 ta, Asaka, Buloqboshi, Marhamat, Izboskan, Ulug‘nor tumanlarida 4 tadan, Qo‘rg‘ontepa tumanida 3 ta, Andijon, Bo‘ston tumalarida 2 tadan, Andijon shahri va Paxtaobod tumanida 1 tadan mahalladagi ko‘chalarga asfalt yotqiziladi. Ayni paytda qator mahallalarda ishlar yakuniga yetkazilgan, bir qator mahallalarda esa asfaltlash ishlari davom etmoqda.

Olib borilayotgan ta’mirlash, asfaltlash ishlari natijasida uzoq yillardan buyon hal bo‘lmasdan, aholisini qiynab kelayotgan yo‘l bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilmoqda. Yo‘llar ravon bo‘lib, fuqarolarning turmush farovonligi yaxshilanmoqda. 

–Yo‘llarimiz asfaltlanayotgani mahallamizga yanada fayz kiritmoqda, – deydi Oltinko‘l tumanidagi “Uzun ko‘cha” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Murodjon Mamajonov. – Mahallamizning 1 ming 200 metr masofadagi Ma’naviyat hamda 1 ming 600 metr bo‘lgan Quvonch ko‘chalariga asfalt yotqizilmoqda. Yo‘llarimizning tekis va ravon bo‘layotganligidan kattayu kichik xursand.

Asfaltlash ishlari “Willprint” mas’uliyati cheklangan jamiyati yo‘lsozlari tomonidan olib borilmoqda. 

“Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida Shahrixon tumanida ham 7 ta mahalla ko‘chasiga asfalt yotqizilmoqda. Masalan, tumanning Qum mahallasida ikkita loyiha doirasida 7,5 kilometrga yaqin ichki ko‘chalar “Kelajak ravon yo’llari”, “Hamjixat yagona qurilich” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari yo‘lsozlari tomonidan asfaltlanmoqda. 

[gallery-18694]

–Necha yillardan buyon kichik ichki yo‘llarimizni ta’mirlashga, asfaltlashga harakat qilib kelardik, – deydi Qum mahallasi O‘rikzor ko‘chasida yashovchi, mehnat faxriysi, mahalla faollaridan biri Baxtiyorjon Ibragimov. – Lekin  ijobiy natijaga erisha olmayotgandik. “Tashabbusli byudjet” tanlovida qatnashib, g‘olib bo‘ldik. Bundan mahalla ahlining quvonchi cheksiz.  Nasib etsa, endi yillar davomida yozda chang, qishda loy ko‘chalarimiz asfaltlanadi, yo‘l muammosi odamlarni qiynamaydi. 

Bir so‘z bilan aytganda, viloyat yo‘lsozlari, yo‘l quruvchilar tomonidan “Tashabbusli byudjet” tanlovida g‘olib bo‘lgan loyihalar doirasida belgilangan ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun zarur barcha ishlar olib borilmoqda. 

F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tashabbusli byudjet” tufayli ko‘chalar obod bo‘lmoqda