Farg‘ona viloyatida "Tashabbusli byudjet" loyihasining 2025 yil ikkinchi mavsumi uchun mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 381 milliard 77 million so‘m mablag‘lar ajratildi. Loyihalarni shakllantirish uchun taklif berish bosqichida viloyatdagi 1 ming 63 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari to‘liq ishtirok etdi. Loyiha tashabbuskorlaridan 1969 ta taklif kelib tushdi. Tahlillar o‘tkazish orqali ushbu takliflardan 1 ming 697 tasi qabul qilindi.

— Shu tariqa ovoz berish yakuniga ko‘ra, viloyatdagi 236 ta mahallada 274 ta eng ko‘p ovoz to‘plagan umumiy qiymati 381,7 milliard so‘mlik loyihalar g‘olib bo‘ldi, — deydi Farg‘ona viloyati iqtisodiyot va moliya boshqarmasi bosh mutaxassisi Behzodjon Qodirov. — Bu loyihalar asosan binolarni qurish-ta’mirlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ichki yo‘llar, umumta’lim maktablari, sog‘liqni saqlash hamda maktabgacha ta’lim muassasalarini ta’mirlash va jihozlash, ko‘cha chiroqlari o‘rnatish, ichimlik suvi va oqova tizimini yaxshilash, mahalla guzarlarini ta’mirlash va tiklash bilan bog‘liq ishlarni qamrab olgan.

Aholining bu jarayonda faol ishtirok etishi mahalliy byudjet mablag‘lari xolis va shaffof ishlatilishi hamda aniq maqsadlar sari yo‘naltirilishida muhim ahamiyatga ega.

— Bir necha yillardan buyon elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekardik, — deydi Rishton tumanidagi “Jahonobod” MFY raisi Xolmurod Qo‘chqorov. — Shu bois mazkur loyiha tashabbusini ilgari surib, qariyb 5,5 mingta ovoz bilan 1,5 milliard so‘m mablag‘ yutib oldik. Endi mahallaning 10 ga yaqin ichki ko‘chalarida elektr ta’minotini yaxshilash va uzluksizligiga erishish choralari ko‘riladi.

Yozyovon tumanida ham har bir mahalla, ijtimoiy soha muassasalarining o‘ziga xos muammolari borligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi, elektr va tabiiy gaz ta’minoti, ta’lim muassasalari faoliyati va tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash kabi dolzarb masalalar shular jumlasiga kiradi.

— Bu bosqichda tumanimiz aholisi juda ham faollik ko‘rsatgani natijasida viloyatda eng ko‘p – 22 ta loyiha g‘olib deb topildi, — deydi Yozyovon tumani iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Sayfullo Mirzayev. — Bu yaqin istiqbolda qariyb 16 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash, jihozlash ishlarini amalga oshirish imkonini beradi.

M.Sulaymonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Tashabbusli byudjet" – muammolarga yechim bo‘lmoqda