Guliston tumani Baxmal mahallasi Obodon va Bog‘ishamol ko‘chalaridagi ichki yo‘llar to‘liq ta’mirlanib, zamonaviy qiyofa kasb etdi. Mazkur ishlar “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida amalga oshirildi.

Obodon ko‘chasida 1200, Bog‘ishamol ko‘chasida 1300 metr ichki yo‘llarga asfalt yotqizildi. Ushbu loyihalar “Tashabbusli byudjet” dasturining 1-mavsumida eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib deb topildi. Aholi tashabbusi bilan berilgan taklif 2 ming 198 nafar fuqaro tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Tender jarayoni “Shaffof qurilish” elektron platformasi orqali o‘tkazilib, loyiha ijrosi “Kamoliddin Fayz Baraka” MCHJga topshirildi. Korxona yo‘lsozlari tomonidan ishlar sifatli va belgilangan muddatda bajarildi.

— Ushbu ko‘chalar masalasi yillar davomida biz uchun jiddiy muammo bo‘lib kelayotgan edi, — deydi mehnat faxriysi Bozorboy Xudoyberdiyev. — Qor yog‘sa, ko‘chalarda ko‘lmaklar to‘lib, mashinalar o‘ta olmasdi, piyoda yurishning o‘zi azob bo‘lardi. Bolalar maktabga botqoq yo‘llardan o‘tar, keksalar esa ko‘chaga chiqmaslikni ma’qul ko‘rishardi. Hozir esa ko‘chamiz butkul o‘zgardi. Asfalt yotqizildi, mashinalar bemalol harakat qilyapti, bolalar qiynalmasdan o‘qishga boryapti. Bu biz uchun katta qulaylik. Tashabbus ko‘rsatganlar va bu ishni amalga oshirganlarga katta rahmat.

Byudjetdan ajratilgan 1 milliard 58 million 261 ming so‘m mablag‘ hisobidan amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari natijasida bugun mazkur ko‘chalar aholisi tekis, ravon va xavfsiz yo‘llardan foydalanmoqda.

“Tashabbusli byudjet” fuqarolarning ijtimoiy faolligi hamda davlat boshqaruvidagi ishtirokini oshirish bilan birga, joylardagi infratuzilmaviy muammolarni hal etishda samarali vosita sifatida o‘zini to‘liq namoyon etmoqda.

G‘ulom Primov,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashabbusli byudjet: ko‘p yillik muammo hal bo‘ldi