“Tashabbusli byudjet” jarayonining 1-mavsum natijalari qanday? (+video)
Avval xabar qilganimizdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligida Tashabbusli byudjet jarayonining 2024 yil 1-mavsumida faol ishtirok etgan mahalla raislari, mahalla yettiligi a’zolari va talabalarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Unda ta’kidlanishicha, 2021 yildan 2023 yilgacha Davlat byudjetidan “Tashabbusli byudjet” jarayonlari uchun qariyb 7 trillion so‘m ajratilgan. Joriy yilning birinchi mavsumida bu ko‘rsatkich 10 trillion so‘mdan oshgan.
“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2024 yil 1-mavsum yakunlariga ko‘ra, mamlakatimiz bo‘yicha jami 2 ming 770 ta loyiha g‘olib, deb topilgan. Bu galgi ovoz berish jarayonida 11 milliondan ortiq fuqaro ishtirok etgan.
“Ochiq byudjet” portalida tashabbusli byudjetlashtirish loyihalari bo‘yicha ovoz berish bosqichi 13 martdan 4 aprelgacha davom etgan. Unda 9 ming 443 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan 35 ming 575 ta tashabbus kelib tushgan va shundan 28 ming 919 tasi ma’qullangan.
Tadbir yakunida “Tashabbusli byudjet” jarayonlarining 2024 yil birinchi mavsumida o‘z hududidagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga qo‘shgan hissasi uchun faollar maxsus tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali ushbu tadbir jarayonlari bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/0i1sVNcaF_c" title="“Tashabbusli byudjet” jarayonining 1-mavsum natijalari qanday?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nasiba Ziyodullayeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA