Tarixsiz kelajak bo‘lmaydi (+video)
Farg‘onada “Islom Karimov o‘qishlari: mIstaqillik yillarida O‘zbekiston madaniyati: tarixiy meros va madaniy yuksalish” mavzusida Respublika ilmiy anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatning taniqli olimlari, tarixiy jarayonlar guvohi bo‘lgan shaxslar hamda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi Homiylik kengashi a’zosi Tatyana Karimova ishtirok etdi.
Yig‘ilganlarga viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov murojaat etar ekan, davlatimiz rahbarining “Tarixsiz kelajak bo‘lmaydi” degan hikmatli so‘zlarini keltirdi. U xalqimiz, ayniqsa, yoshlar uchun mustaqil Vatanimizning yaqin tarixi xolis va bor bo‘y-basti bilan namoyon etilishi zarurligini, buni keng targ‘ib qilish lozimligini alohida ta’kidladi.
[gallery-31508]
Asosiy yalpi va shu’ba yig‘ilishlarida O‘zbekiston tarixi, uning “yumshoq kuch” sifatidagi tajribasi va an’analari, millatlararo munosabatlar, diplomatik aloqalar hamda madaniyatning davlatlararo munosabatlarni mustahkamlashdagi o‘rni kabi mavzularda olim va mutaxassislar ma’ruza qildilar.
Ilmiy anjuman ayniqsa, yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/uj6FlardvQY" title="Tarixsiz kelajak bo`lmaydi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video, surat), O‘zA