Qadimiy mamlakatlar o‘tmishida o‘sha o‘lkalarning buyuk olimlari, yozuvchi va shoirlari, me’morlari tomonidan yaratilgan shoh asarlar, qimmatli yodgorliklar bo‘ladi.

O‘zbekiston va Eron – mazkur mamlakatlarning turli viloyatlari va shaharlarida ko‘zni quvnatuvchi naqshlar bilan bezangan nodir tarixiy obidalar, muzeylaru kutubxonalar, rasadxona, ta’lim va tadqiqot markazlari bisyor.

Har bir yodgorlik, asar vaqt o‘tishi bilan eskirib, nuraydi. Natijada ularni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, ba’zida butunlay qayta qurishga ehtiyoj tug‘iladi. Ma’lumki, mazkur yodgorliklarni rekonstruksiya qilish nozik, og‘ir va serxarajat ish bo‘lsa-da, ularni kelajak avlodlar uchun saqlab qolish zaruriy ish, milliy va xalqaro darajadagi muhim bir vazifadir.

Ikki mamlakat – Eron va O‘zbekiston qo‘lyozma asarlarning boy xazinasiga ega. Aytib o‘tish lozimki, yodgorliklar yaratilish vaqtiga qarab ikki umumiy davrga – Islomdan oldingi davr yodgorliklari va islomdan keyingi davr yodgorliklariga bo‘linadi.

So‘nggi yillarda Erondagi ko‘pchilik tarixiy yodgorliklar pasportlashtirilib, milliy va xalqaro darajada ro‘yxatga olindi, tarixiy-me’moriy yodgorliklarni rekonstruksiya qilish sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan muassasalar ochildi. Shu paytga qadar Erondagi tarixiy-me’moriy yodgorliklarning aksariyati mahalliy mutaxassislar tomonidan rekonstruksiya qilingan yoki rekonstruksiya qilinmoqda.

O‘zbekistonda ham o‘tmish davrlardan shu kunga qadar yetib kelgan ko‘plab tarixiy obidalar mavjud. Biroq bu mamlakatdagi qimmatli tarixiy yodgorliklarning ayrimlari zamonlar o‘tishi bilan jiddiy shikastlangan bo‘lib, ular tezlik bilan rekonstruksiya qilishga muhtoj.

Endi ushbu sohaga qiziquvchilar uchun quyidagi savol tug‘iladi: uzoq vaqt talab qiladigan serxarajat ish bo‘lmish qadimiy yodgorliklarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilishning ushbu yodgorliklar joylashgan mamlakatlarga qanday foydasi bor? Bu savolga javoban quyidagilarni aytish mumkin.

Tarixiy-me’moriy yodgorliklarni rekonstruksiya qilish, har birini avaylab-asrash, ularning asosiy xususiyatlarini saqlab qolgan holda ta’mirlashdan iborat bo‘lib, bu ish me’morchilik san’atining nafis yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 

Bunda rekonstruksiya ustalari tarixiy-me’moriy yodgorliklar va ular joylashgan tarixiy maydonni diqqat bilan o‘rganib, ushbu yodgorliklarni ta’mirlash va gohida bu joylardagi tarixiy muhitni qayta tiklashga kirishishadi.

bugungi kunda Sharq mamlakatlari me’morlari zamonaviy bilimlar va uskunalar hamda o‘tmish tajribasidan foydalangan holda aksariyat tarixiy-me’moriy yodgorliklarni saqlash, ularni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qayta tiklashning uddasidan chiqa olishadi.

Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz va Qo‘qon shaharlari hamda O‘zbekistonning boshqa joylaridagi tarixiy-me’moriy yodgorliklar o‘zbekistonliklar va turistlar uchun ko‘zni quvnatuvchi, kishiga zavq-shavq bag‘ishlovchi diqqatga sazovor makonlardir.

Ushbu yodgorliklardan ko‘pi nodir me’morchilik uslubida qurilgan bo‘lib, Islom tarixi bilan bog‘liqdir. Albatta, O‘zbekistonda Islomdan oldingi davrlarga oid ayrim tarixiy yodgorliklar ham ko‘zga tashlanadi.

TEMURIYLAR DAVRI BINOLARI...

Temuriylar davri me’morchiligi san’ati Islom davrining eng yorqin me’morchilik davrlaridan biri hisoblanib, O‘zbekiston, Eron va Afg‘oniston mamlakatlari hududida ushbu davrda yaratilgan ko‘plab yodgorliklar saqlanib qolgan. Bu – davr me’morlari dididan kelib chiqqan. Ushbu qadimiy obidalar qurilishida ishlatilgan ashyolar asosan loy, g‘isht, koshin, yog‘och va toshdan iborat bo‘lib, ma’nodor naqshlar va ba’zida she’rlar, Qur’on oyatlari va hadislar bilan bezatilgan.

Umuman olganda, Temuriylar davrida binolarning ko‘pi baland to‘rt toq, go‘zal muqarnas naqshlar bilan bezatilgan kirish eshiklariga ega bo‘lib, ulardagi bezaklar asosan turli ranglardagi muarraq koshinkorlik yo‘li bilan bajarilgan.

Yoysimon yo‘l-yo‘l gumbazlar Temuriylar davrida qurilgan binolarning o‘ziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi. Bu davr me’morchiligida binolar va boshqa inshootlarda bo‘yoq va sirdan foydalanishning eng yuksak darajaga yetganligi ko‘zga tashlanadi.

Ushbu ish namunalarini o‘sha davrlardan bizgacha yetib kelgan binolardagi oltin rangida moviy koshinlar fonida ko‘fiy, suls va nasx yozuvlarida bitilgan bitiklarda kuzatish mumkin.

Tarixiy-me’moriy yodgorliklarni rekonstruksiya qilish o‘tmish davrlardan saqlanib qolgan binolar va inshootlar me’morchiligining tarixiy davri hamda ushbu me’morchilikning asosiy unsurlarini yaxshi o‘rganish asosida amalga oshiriladigan nafis va murakkab san’atdir.

Albatta, Sharq me’morlari bu ishga muhabbat va zavq-shavq bilan munosabatda bo‘lib, ushbu og‘ir va nafis ishni milliy g‘ururni kuchaytirish, milliy o‘zlikni tanish hamda ajdodlar madaniyati va sivilizatsiyasi shukuhini namoyish etish maqsadida amalga oshirishadi. Bu ish barchaning, xususan, sayyohlarning qiziqishi va tahsiniga sazovor bo‘lib, oxir-oqibat turizm sanoatining rivojlanishi va tadbirkorlikning ravnaq topishiga ham olib keladi.

Sayyohlarning ushbu tarixiy-me’moriy yodgorliklarni kelib ko‘rishlari iqtisodiy imkoniyatlar berib, dunyo xalqlarining bir-birlari bilan yaxshiroq tanishishlari, tinchlik va do‘stlikning mustahkamlanishiga ham sabab bo‘ladi. 

Temuriylar davri me’moriy yodgorliklarining Eron, O‘zbekiston, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlar hududlarida sochilib yotganligidan kelib chiqib, ushbu mamlakatlar me’morlari va san’at ahli ishtirokida Temuriylar davri san’ati va me’morchiligi fondini tuzishni taklif etaman.

Hamid NAYYIROBODIY

Eron Islom Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi

Favqulodda va muxtor elchisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarixiy yodgorliklarni saqlash va ta’mirlashda Sharq me’morlarining bilim va tajribasi qay darajada?