Tarixiy oltin: Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev — jahon chempioni!
Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqaning yengil vaznli sportchilar o‘rtasidagi juftliklar dasturida (LM2x) O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ushbu natija O‘zbekiston akademik eshkak eshish sporti tarixida kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida qo‘lga kiritilgan ilk oltin medal sifatida qayd etildi.
Mazkur dasturda Germaniya ekipaji kumush, AQSH vakillari esa bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev mamlakatimiz akademik eshkak eshish sporti tarixida yangi sahifa ochdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA