“Namangan – Ufa” yo‘nalishi bo‘yicha aviareys bilan uchib ketayotgan fuqaro X.B.ning harakatlari Namangan viloyati bojxona boshqarmasining Namangan xalqaro aeroportida joylashgan chegara bojxona posti xodimlarida shubha uyg‘otdi.

Fuqaroga postdan o‘tish davomida tovarlarni O‘zbekistondan olib chiqish me’yorlari hamda tovarlarni deklaratsiyalash tartibi tushuntirilib, bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Natijada fuqaroga tegishli buyumlar qatorida bir dona misga o‘xshash metaldan yasalgan qumg‘on idishi borligi aniqlandi.

Namangan viloyati Badiiy ekspertiza bo‘limi san’atshunoslik ekspertining xulosasida ushbu qumg‘on XIX-XX asrlarda yasalganligi, qiymati 12 million so‘m miqdorida ekanligi hamda bu ashyoning madaniy boylik sifatida mamlakatimiz hududidan olib chiqilishi taqiqlanganligi ko‘rsatilgan. 

Shu o‘rinda aytish joizki, qumg‘on ehtimol oilaviy mulkdir, ota-bobolardan qolgan merosdir. Lekin bu ushbu madaniy boylikni O‘zbekistondan tashqariga olib chiqib ketish huquqini bermaydi.

Eslatib o‘tamiz, 1998 yil 29 avgustda qabul qilingan “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 8-moddasiga asosan 50 yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emas. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarixiy ashyo olib ketilishi to‘xtatildi