Vatanimiz tarixidagi 11 aprel sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1370 yil (bundan 655 yil oldin) – akademik Abdulahad Muhammadjonovning qayd etishicha, Chig‘atoy ulusining bek va amirlari, viloyat va tumanlarning zodagonlari hamda Termizning xonzodalari, shuningdek, Amir Temurning piri Sayyid Baraka ishtirokida qurultoy o‘tkazildi. Manbalarda ta’riflanishicha, qurultoyda e’tiborli amirlar, Temurning yoshligidagi quroldoshlari va uning sobiq dushmanlari hozir bo‘lgan edilar. Ular orasida Amir Shayxmuhammad Bayon Sulduz, Amir O‘ljoytu, Amir Kayxusrav, Amir Joku Barlos va mo‘’tabar ma’murlar bor edi. 

Qurultoyda Amir Temurning hukmdorligi rasmiy tan olinib, u Movarounnahrning amiri deb e’lon qilindi. Garchi saltanat taxtiga, an’anaga ko‘ra, dastlab nomigagina Suyurg‘atmish (1370–1388), so‘ngra uning vafotidan keyin Sulton Mahmudxon (1388–1402) o‘tqazilgan bo‘lsa-da, amalda markaziy hokimiyatni Amir Temur o‘zi boshqardi, viloyatlardagi hokimiyat o‘g‘illari, nabiralari va yaqin amirlari orqali idora qilindi.

1920 yil (bundan 105 yil oldin) – Xorazm Respublikasi o‘zining mustaqil valyutasi – qog‘oz, ipak va mis pullarga ega bo‘ldi. Respublikaning mustaqillik belgisi va iqtisodiyotning muhim tayanchlaridan biri – milliy valyuta hisoblanadi. Tarixchi Asror Pardayevning qayd etishicha, Xorazm respublikasida 1920 yil mayda 300 ming so‘m, iyunda 2 million 50 ming, iyulda 4 million 865 ming, avgustda 8 million 270 ming, sentyabrda 9 million 514 ming, oktyabrda 10 million 78 ming, noyabrda 18 million 420 ming, dekabrda 21 million 626 ming so‘m pul zarb qilingan. 

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, 1918 yilda Xiva xonligida Junaid Qurbon Mamed hokimiyatni egallab, Sayid Abdullani qo‘g‘irchoq xon sifatida taxtga o‘tqizgach, aholidan tanga pullarni yig‘ib olish maqsadida ipak pullar chiqardi. Mahalliy ipakdan eni 11 sm li tasma to‘qilib, 15 sm uzunlikda kesilgan, keyin esa yog‘och qoliplardan foydalanib, tabiiy bo‘yoqlar yordamida matoga yozuvlar va tasvirlar tushirilgan. Xiva xonligi ipak pullari 200, 250, 500, 1000 va 2500 tanga qiymatida chiqarilgan.

1920 yilda Xorazm Respublikasi tashkil topgach, u ham ipak pullar chiqarishni davom ettirdi. Respublika ipak pullari 500, 1000, 2000 va 5000 rubl qiymatida chiqarilib, ular xonlik pullariga nisbatan ko‘proq tarqalgan. Qizig‘i shundaki, 1923 yilda bu pullarni umumdavlat qog‘oz pullariga almashtirish e’lon qilinganda, aholi birorta ham ipak pulni topshirmagan – ularni esdalik sifatida saqlab qolgan. Hatto 1940–1960 yillarda Xivadagi ayrim xonadonlarda bu ipak pullardan tikilgan quroq ko‘rpalar mavjud bo‘lgan. Bu pullar o‘zining noyobligi va ishlab chiqarish texnologiyasi jihatidan tariximizning nodir ashyosi hisoblanadi.

1921 yil (bundan 104 yil oldin) – Xivada xalq muzeyi ochildi. Muzey xon saroyi – Toshhovli binosida ochilib, bu yerga Xorazm tarixi, madaniyati va etnografiyasiga oid qimmatbaho materiallar to‘plandi. Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Toshhovli saroyini Xiva xoni Olloqulixon 1830–1838 yillarda qurdirgan. U 3 hovli, 111 ta xonadan iborat: Arz hovli (darvozasi g‘arbga), ishrat hovli (janubga), haram (darvozasi g‘arbga qaragan). Xorazm mahalliy turarjoy me’morligiga xos uslubda, shahar tashqarisidagi qo‘rg‘on-hovli ko‘rinishida bo‘lganligi uchun Toshhovli deb nomlangan. 

1922 yil (bundan 103 yil oldin) – rus turkiyshunosi, tarjimon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Sergey Ivanov tavallud topdi (vafoti 1999 yil). U Alisher Navoiyning yuzlab g‘azal, ruboiy, fard, qit’a, tuyuqlarini rus tiliga tarjima qilgan. Shoirning rus tilida chiqqan 10 jildli (1968–1970) asarlarida muharrir sifatida ishtirok etgan. 

Bundan tashqari, u Lutfiy, Gadoiy, Sakkokiy, Nodira, Muqimiy kabi mumtoz shoirlar bilan bir qatorda yangi adabiyotimiz vakillari Hamza, G‘afur G‘ulom, Oybek, Usmon Nosir, Uyg‘un, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va boshqa shoirlar she’riyatidan namunalarni xam rus tiliga tarjima qilgan.

1923 yil (bundan 102 yil oldin) – Cho‘lpon o‘zi muharrirlik qilgan “Buxoro axbori” (hozirgi “Buxoronoma”) gazetasi haqida “Tilimizning ishlanishi” degan maxsus maqola yozib, “Turkiston” gazetasida e’lon qildi. Cho‘lpon maqolada so‘nggi paytlarda gazeta erishayotgan yutuqlar haqida mulohaza yuritarkan, uni o‘ziga yaqin tutib “yo‘ldoshimiz” deb aytaydi. Cho‘lpon gazeta faoliyatini yanada yaxshilash, o‘qimishlilik darajasini ko‘tarish maqsadida unda yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklarni ham ro‘y-rost misollar bilan birma-bir ko‘rsatib o‘tadi. U shunday yozadi: 

“Lekin yo‘ldoshimizning doim ko‘zga qadaladurg‘on bitta zo‘r xatosi bordurki, uni xayrixohlik bilan aytib o‘tmasak bo‘lmaydir. Bizning ko‘rsatmak istagimiz kamchilik – til, sheva kamchiligi, to‘g‘risi, tilga ahamiyat bermaslik xatosidir. Bosh sarlavhasi yonida “...adabiy jaridai Turkiya” deb yozilgan bu gazeta ma’lumdirkim, o‘zbek shevasida chiqadir. Buxoro hokimiyatining rasmiy tili ham o‘zbekchadir. Buxorodek fors-eron ta’siriga ortiq yutulub ketib, o‘z tilidan ajralib qolg‘on bir o‘lka uchun, u yerdagi ko‘pchilik avom uchun tilning ahamiyati juda zo‘rdir. Holbuki, “Axbor” yo‘ldoshimizda bu jihatga sira diqqat etilmaydir yoki etila olmaydir”.

2016 yil (bundan 9 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi parlament nazoratini tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumani hokimligi tashkil etildi.

2022 yil (bundan 3 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qaror bilan ommaviy sportni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. 

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tariximizdagi ipak pullar haqida bilasizmi?