AQSH Prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharq mamlakatlariga tashrifi doirasida Saudiya Arabistoniga keldi.

Saudiya – AQSH munosabatlarining sakson yillik tarixi 1945 yil Ruzvelt va Ibn Saud o‘rtasidagi uchrashuvdan boshlangan va ikki davlat o‘rtasida mustahkam hamkorlik o‘rnatilgan.

Tramp Podshohlikka ikkinchi tashrifida turli sohalarda o‘zaro manfaatga e’tibor qaratadi.

O‘tgan davr mobaynida o‘zaro munosabat mudofaa, savdo, ta’lim, turizm va boshqa sohalarni qamrab olgan ko‘p qirrali hamkorlikka aylandi, hukumat amaldorlaridan tortib fuqarolargacha – barcha darajadagi aloqalar qo‘llab-quvvatlandi.

1974 yildan buyon AQSHning olti yetakchisi Podshohlikka kelib, Saudiyaning beqaror mintaqada barqarorlashtiruvchi kuch sifatidagi doimiy ta’sirini ta’minladi, deyish mumkin.

– Bugungi kunda munosabatlarimiz har qachongidan jadallashib, davlatlarimiz o‘rtasidagi hukumat amaldorlaridan tortib oddiy fuqarolargacha bo‘lgan barcha darajadagi hamkorlik orqali mustahkamlanmoqda, – deb yozgan edi AQSHning Saudiya Arabistonidagi so‘nggi elchisi Maykl A.Ratni o‘tgan yil 22 sentyabr kuni “Arab News” nashrida e’lon qilingan maqolasida. – Bu kuch bizning keng ko‘lamli hamkorligimiz – xavfsizlik, savdo, madaniyat yoki Sudan, Yaman davlatlari bilan bog‘liq hamda boshqa mintaqaviy mojarolarni hal qilish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatimizda yaqqol namoyon.

Mudofaa va energetika sohasidagi dastlabki hamkorlikdan ta’lim, texnologiya, turizm va san’atdagi zamonaviy ishtirokka ikki tomonlama munosabat vaqt o‘tishi bilan mintaqaviy o‘zgarish, global siljish va umumiy manfaat ta’sirida chuqurlashdi.

Ta’lim tizimida, jumladan, minglab saudiyalik yoshlarni Qo‘shma Shtatlarga yuborgan Qirol Abdulloh Stipendiyalar dasturi yo‘lga qo‘yilgan. Umuman, ta’lim  vazirliklari hamkorligi turli tashabbuslar bilan mustahkamlanmoqda.

So‘nggi yillarda “Nigoh-2030” sheriklikka yangi surxat bag‘ishlab, bilim almashish va milliardlab dollar o‘zaro sarmoya jalb qilish uchun imkoniyat ochdi.

Har ikki yurt tadbirkorlik va texnologik taraqqiyotni qadrlaydigan innovatsion mamlakat. Ko‘pchilik munosabatlar rivojiga Trampning 2017 yilgi tashrifi yoki “Nigoh-2030” turtki bergan, deb hisoblaydi. Aslida poydevor bundan o‘n yillar oldin qo‘yilgan.

Bu do‘stlikning ildizi 1932 yil Najd va Hijoz qabilalarini birlashtirgan, Saudiya Arabistonini tashkil etgan qirol Abdulaziz Ol Saudga borib taqaladi.

1945 yil 14 fevral, Ikkinchi jahon urushi tugashi arafasida Prezident Franklin D.Ruzvelt Yalta konferensiyasidan so‘ng Misrning Buyuk Achchiq ko‘lida “USS Quincy” sahnida Qirol Abdulaziz bilan ko‘rishadi. O‘sha uchrashuv tarixiy burilish nuqtasi edi. Ruzvelt Yevropadan kelgan yahudiy qochqinlar masalasida hamkasbidan maslahat so‘rab, Saudiyani urushdan keyingi tartibni shakllantirishda asosiy o‘yinchi sifatida ko‘radi.

Ruzvelt urush tugasa-da, sahna ortida yangi dunyo tartibi shakllanayotgani, Saudiya Qo‘shma Shtatlar bilan do‘stlashishi kerak bo‘lgan davlatligini bilardi. Xullas, ikki rahbar o‘zaro hurmatni rivojlantirdi: Ruzvelt qirolga “DC-3” yo‘lovchi samolyoti, keyin yana ikki uchoq sovg‘a qilib, “Saudia Airlines” aviakompaniyasiga asos soldi.

Tarixiy suhbatdan ikki oy o‘tib, Ruzvelt vafot etdi, “Kvinsi uchrashuvi” esa uzoq muddatli munosabatga asos solgan voqea sifatida tarixda qoldi. 1953 yil ikki davlat o‘zaro mudofaa sohasidagi yordam to‘g‘risida bitim tuzim, harbiy aloqani rasmiylashtirdi.

1957 yil Qirol Saud Vashington milliy aeroportida Prezident Duayt Eyzenxauer bilan uchrashib, AQSHga borgan birinchi Saudiya monarxiga aylandi. Tashrif mintaqaviy muammolarga uzoq muddatli yechim zarurligini tasdiqladi, Saudiya armiyasini kuchaytirish majburiyatini belgiladi.

Dastlabki hamkorlik infratuzilma sohasi hisobiga kengaydi: 1958 yil amerikalik me’mor Minoru Yamasaki Dahrandagi fuqaro aviatsiyasi terminalini loyihalashtirdi. Diplomatik tashriflar 1960-1970 yillarda davom etib, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamladi.

1966 yil Qirol Faysal davlat tashrifi chog‘i Prezident Lindon Jonson bilan uchrashdi. 1971 yil yana bir rasmiy tashrif davomida Prezident Richard Nikson bilan uchrashdi.

1974 yilga kelib, sanoat, ta’lim, texnologiya va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan AQSH-CAP qo‘shma iqtisodiy komissiyasi tuzilishi bilan iqtisodiy aloqalar chuqurlashdi. O‘sha yili Prezident Nikson Saudiya Arabistoniga tarixiy tashrifi bilan o‘sib borayotgan hamkorlikni yana bir bor tasdiqladi.

1982 yil vitse-prezident Jorj Bush Qirol Xolid vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirish uchun Ar-Riyodga keldi. Bu ikki tomonlama munosabatning shaxsiy mohiyatini anglatadi.

Harbiy hamkorlik 1990-91 yillardagi Fors ko‘rfazi urushi davrida – Saudiya qo‘shinlari Amerika va ittifoqchi kuchlar bilan Kuvaytni ozod qilishda birlashganda faollashdi. Saudiyaga AQSH qo‘shinlari kiritilishi Podshohlikning mintaqaviy mudofaadagi strategik rolini ko‘rsatdi.

2002 yil Podshoh Abdulloh Prezident Jorj Bushning Texas shtati Krouford shahridagi ranchosiga tashrif buyurdi. Shu tariqa terrorizmga qarshi kurash, energetika, ta’lim va iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Saudiya-Amerika strategik muloqotiga tamal toshi qo‘yildi.

Ushbu hamkorlik ruhi 2005 yil Saudiyaning inson kapitaliga sarmoya kiritishga mo‘ljallangan Qirol Abdulloh stipendiyasi dasturi ishga tushirilishi bilan davom etdi. Tajriba bosqichi 9000 dan ziyod saudiyalik talabani Qo‘shma Shtatlarga o‘qishga yubordi. Keyin bu raqam keskin oshdi.

Oliy darajadagi o‘zaro aloqalar birinchi xonim Laura Bushning 2007 yildagi, keyin Prezident Barak Obamaning 2009 yildagi tashrifi bilan davom etdi.

2012 yil Ko‘rfaz – AQSH strategik forumi tashkil etildi. O‘sha paytdagi Davlat kotibi Xillari Klinton Ar-Riyoddagi birinchi vazirlar yig‘ilishida ishtirok etib, AQSHning mintaqaviy strategiyasida Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi rolini oshirdi.

2017 yil Prezident Tramp o‘zining birinchi muddatida Ar-Riyodga kelganda hamkorlik darajasi yana bir pog‘ona ko‘tarildi. Mazkur tashrif davomida uchta nufuzli – Arab-Islom-Amerika, AQSH-Saudiya Arabistoni va AQSH-Ko‘rfaz hamkorlik kengashi sammitlari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlar harbiy va tijorat aloqalarini kengaytirishga bag‘ishlandi.

Podshohlik o‘z iqtisodiyoti va “Nigoh-2030” doirasida global hamkorlikni qayta shakllantirarkan, energiya almashinuvi, toza texnologiya va raqamli transformatsiya kabi sohalarda AQSH bilan hamkorlikka ustuvor ahamiyat bermoqda.

Trampning ikkinchi muddatidagi xorijga birinchi rasmiy safari sarmoya, innovatsiya va odamlar o‘rtasidagi aloqalarni yangilashga qaratilgan sa’y-harakatlarni yanada kuchaytirishi kutilyapti.

1945 yil Ruzvelt va Abdulaziz o‘rtasidagi tarixiy uchrashuvdan boshlab, strategik hamkorlikning yangi davrigacha Saudiya Arabistoni va AQSH aloqalari urushlar, iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlardan omon qoldi. Har ikki davlat kelajakka nazar tashlarkan, o‘zaro hamkorlikni global barqarorlik va imkoniyatlarning muhim langari sifatida ko‘ryapti.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarixga nazar: Saudiya-AQSH munosabatlarining sakson yillik davri