Tarixda birinchi marta yahudiy millatiga mansub ayol BMT Bosh kotibi etib saylanishi mumkin
Kosta-Rikalik diplomat, sobiq vitse-prezident Rebeka Grinspan BMT Bosh kotibi lavozimiga kutilmagan nomzod sifatida maydonga chiqdi. Agar tasdiqlansa, u jahon tashkilotini boshqargan birinchi ayol va ilk yahudiy bo‘ladi, deb yozdi “The Guardian” nashri.
BMTning amaldagi rahbari Antoniu Guterrish ikkinchi muddatini 31-dekabrda yakunlaydi. Mintaqaviy almashinuvni nazarda tutadigan norasmiy amaliyotga ko‘ra, uning vorisi Lotin Amerikasidan bo‘lishi kutilmoqda.
Grinspan hozir BMT tarkibidagi Savdo va taraqqiyot konferensiyasini boshqarib kelyapti. Uning ota-onasi Xolokostdan qochib qutulgan polshalik qochqinlar, ona tomonidan bobosi va buvisi nemislar qo‘lida halok bo‘lgan.
BMT Xavfsizlik Kengashi birinchi yopiq so‘rovida Grinspanni 10 ovoz qo‘llab-quvvatladi, to‘rt noib betaraf, faqat bir kishi qarshi chiqdi. Uning nomzodiga kim qarshi chiqqani noma’lum.
G‘arb diplomati so‘zlariga ko‘ra, Grinspan ba’zi mamlakatlar tomonidan Guterrish yo‘nalishini davom ettiruvchi sifatida ko‘rilyapti. Shuningdek, hozirgi Bosh kotibning jimgina qo‘llab-quvvatlashidan ham foydalanishi mumkin.
S.Rahimov, O‘zA