FOTOREPORTAJ

Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi 16-umumta’lim maktabida olim, tarix fanlari doktori, professor, O‘zbekiston fanlar akademiyasi tarix instituti bosh ilmiy xodimi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi  Qahramon Rajabov muallifligidagi kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.

[gallery-19637]

Tarixchi olim 140dan ortiq kitob, monografiya, risola va o‘quv qo‘llanmalar muallifidir. Olimning navbatdagi “Fan” nashriyotida chop etilgan va tarixshunoslikda katta voqea sifatida qabul qilingan “Turkiston muxtoriyati tarixi” va ikki jildlik “O‘zbekiston XX asrda” deb nomlangan kitoblari o‘quvchilar e’tiboriga havola etildi.  

Taqdimotda o‘qituvchi va o‘quvchilar, olimning sinfdosh do‘stlari va ustoz-muallimlari qatnashdi. Jarayon qizg‘in fikr-mulohazalar, tabrik va qutlovlar ostida o‘tdi.  

Maktab kutubxonasi uchun olimning yangi kitoblari tuhfa etildi.  

Tohir ISTATOV(surat),O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarixchi olimning yangi kitoblari taqdimoti o‘tkazildi