Tarix va kelajakni bog‘lovchi maskan (+video)
Har bir rivojlangan mamlakat kabi O‘zbekiston ham o‘z taraqqiyotini ta’limga asoslanib qurmoqda. Bu sohada chuqur islohotlar, katta-katta dasturlar amalga oshirilmoqda. Bunda eng muhim bo‘g‘in, yoshlar siyosatining poydevori – boshlang‘ich va umumiy ta’limdir.
Yurtimizda 37 mingdan ziyod bolalar bog‘chasi, 10 mingdan ortiq maktab bor. Joylarda yana yangilari qurilmoqda. Lekin bu maqsadning bir qismi. Eng asosiy masala – ta’lim sifati.
Shu bois pedagog va mutaxassislar malakasi doimiy oshirib borilmoqda. Jumladan, shu sohadagi institut A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga aylantirildi. Mavjud majmua kapital ta’mirlanib, ikkita qo‘shimcha bino qurildi, barchasi zamonaviy jihozlandi. Tinglovchilar o‘rni ham, yo‘nalishlar ham ko‘paydi. Eng muhimi, malaka tizimi mazmunan boyidi.
Institut bundan 90 yil oldin, 1934 yilda ochilgan. Shunga bag‘ishlab, bu yerda muzey tashkil etilgan. Unda jadid bobolarimizning ilmga e’tibori, Abdulla Avloniy asos solgan maorif tizimi, o‘sha davrdagi darsliklar va sahna asarlari, umumiy ta’limning rivojlanish bosqichlari aks etgan. Sun’iy intellekt yordamida ma’rifatparvar jadidlar qiyofasi gavdalantirilgan. Shu yerda qariyb 88 ming kitob fondiga ega kutubxona ham bor. Keling yaxshisi batafsil ma’lumotni mutaxassisdan eshitsak
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/M9z2KIGF3Fw" title="Tarix va kelajakni bogʻlovchi maskan" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev O‘zA