Isroil va Amerika Qo‘shma Shtatlari Eron bilan kuchayib borayotgan mojaroga kirisharkan, G‘arb rahbarlari Iroq urushidagi juda tanish lahzalarni ilg‘amoqda.

"Bugun bizda xavfli va tajovuzkor tuzumni yo‘q qilish orqali mamlakatni ozod qilish uchun kengroq imkoniyat bor. Yangi taktika va aniq qurol bilan tinch aholiga zo‘ravonlik qilmasdan harbiy maqsadga erishishimiz mumkin".

Kuni kecha AQSHning Eronga zarbasidan keyin yangragandek tuyulishi mumkin bo‘lgan bu so‘zlarni, aslida, Prezident Jorj Bush 2003 yil 1 may kuni Iroqdagi yirik jangovar amaliyot yakunlanishi munosabati bilan Avraam Linkoln sahnida turib aytgan.

Dunyo yetakchilari juda tanish til va ohangdan foydalanib, yigirma yildan ko‘proq vaqt avvalgi boshqa urush arafasidagi voqealarni bugungi kun bilan qiyoslamoqda.

Isroil va Qo‘shma Shtatlar harbiy harakat Eron yadroviy qurol ishlab chiqarishni to‘xtatishiga qaratilganini takrorlamoqda. Eron, o‘z navbatida, yadroviy dasturdan tinch va fuqarolik maqsadi ko‘zlanganini ta’kidlaydi.

O‘ttiz yildan oshdiki, Isroil bir iddaoni ilgari suradi: Eron yadro qurolini yaratish yoqasida. 2002 yil bu davlat AQSH Kongressini Iroqqa bostirib kirishga chaqirib, Bag‘dod ommaviy qirg‘in qurollari ishlab chiqayotganini da’vo qilgan. O‘shanda, aniqrog‘i 2003 yil Amerika Iroqqa qo‘shin kiritgan, biroq shubhali qurol topilmagan.

Amerika va Isroil rasmiylarining so‘nggi javobsiz savollari to‘lqini Eronning taxminiy yadroviy intilishi va raketa imkoniyati bilan cheklanmayapti. Ya’ni, vaziyat Qo‘shma Shtatlar mintaqada uzoq va bahsli tarixga ega rejimni o‘zgartirish xohishiga tobora ko‘proq ishora qilmoqda.

AQSH va “ma’qul koalitsiya” olib borgan urush Iroqni vayronaga aylantirgan. O‘sha urushda yuz minglab iroqlik, 4500 ga yaqin amerikalik askar halok bo‘lgan, mazhablararo mojaro chuqurlashishi tufayli mamlakatda beqaror vaziyat yuzaga kelgan.

Ortga nazar tashlasak, navbatdagi bosqinga yo‘l ochgan holat kishini bezovta qiladigan darajada tanish tuyuladi. Binobarin, AQSH Buyuk Britaniya bilan birga urush davom etayotgan bir payt Iroqda ommaviy qurol borligiga dunyoni ishontirishga harakat qilgan.

M.Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarix takrorlanyaptimi?