Targ‘ibot poyezdi Qashqadaryoda
Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi doirasida talabalar Qashqadaryoga bordi.
Targ‘ibot guruhi a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, fuqarolarimizning Konstitutsiyaga oid va huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida Qarshi xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.







Universitetda yoshlarning konstitutsiyaviy bilimlarini mustahkamlash va ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida yosh targ‘ibotchilar tomonidan turli interfaol o‘yinlar tashkil etildi.
“Targ‘ibot poyezdi” loyihasi doirasidagi tadbirlar 28 noyabrdan 1 dekabrga qadar viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tadi.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri